Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Demak sevasan" nomli film namoyishi bo‘lib o‘tdi

27-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida Sherzod Umarov rejissyorligidagi “Demak sevasan” nomli kartinaning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur film taqdimotida ko‘plab kino ixlosmandlari, ommaviy axborot vakillari qatnashishdi. Kartina premerasini iqtidorli boshlovchi Rustambek Xudoyberganov olib bordi.

Namoyishni yosh va iste’dodli xonana va aktyor Jahongir o‘zining diltortar taronasi bilan ochib berdi. Ana undan so‘ng an’anaga muvofiq kartinaningijodiy jamoasi sahnaga taklif etildi va birma-bir tanishtirib o‘tildi. Keyin kartina namoyishi boshlandi. Mazkur kinofilmda erka va tantiq, turmushga chiqishni istamaydigan qizning boshqa oilaga kelin bo‘lib tushganidan keyingi holat gavdalanadi.


Mazkur romantik komediya tarbiyaviy ahamiyatga boy. Unda bugungi kundagi qizlar va ularning tarbiyasi o‘rinli tanqidga olingan va mazkur kartina orqali yoshlar o‘zlariga kerakli xulosani chiqarib oladilar degan umiddamiz.

Filmning ijodkorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosh rollarni Ali Otajonov va Madina Fayziyev ijro etgan. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova, Elyor Nosirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muyassar Berdiqulova, To‘xtamurod Azizov, Jahongir, Maftuna Yahyoeva, Sayyora Nazirova va boshqalar ishtirok etishgan. Ssenariy muallifi Durdona To‘laganova. Operator va rejissyor Sherzod Umarov. Prodyuserlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Akmal Yakubov hamda Bosit Qoraxo‘jaev. Mazkur kartinani siz 28-noyabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Filmni tomsha qiling va o‘z fikrlaringizni bildirishni unutmang.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9761 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Demak sevasan filmi, Demak sevasan, film namoyishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Don9498 Madina Fayziyeva b6ladi
Like | 0
begzod118 Perimyerani beliti nechpuldi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное