Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Diana Yagofarova 10 yillik sukunatdan so‘ng o‘g‘illari bilan jurnalda chiqish qildi


Diana Yagofarova. O‘zbekistonlik tomoshabinlar bu ismni yaxshi eslaydi. Bundan 10 yil avval “Super kelinchak” filmi orqali o‘zbek kino san’atiga kirib kelib, birgina roli bilan mashhurlikka erishgan aktrisa kino sohasida ko‘p ish qilishga ulgurmay sahnani tark etgandi.

Aktrisa Baxrom Yoqubovning “Super kelinchak”, “Ichkuyov”, “Zirapcha” nomli filmlarida suratga tushgan edi. Lekin “Zirapcha” filmi katta ekranlarga chiqishiga bir necha kun qolganda, Diana Yagofarovaning nomaqbul videolari tarqaldi. Ushbu videodagi erkak esa rejissyor Baxrom Yoqubov ekani aytildi. “Zirapcha” bor-yo‘g‘i bir marta, unda ham premera kuni katta ekranlarda namoyish etildi, xolos.

Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng aktrisa ham, rejissyor ham butkul ko‘rinmay ketdi. Bir necha yildan keyin Baxrom Yoqubov boshqa ijodkorlar nomi ostida o‘z rejissyorlik ishlarini taqdim etishni boshladi. Diana esa o‘zbek yigitiga turmushga chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Anchadan buyon nomi hech qaerda tilga olinmayotgan Diana Yagofarova O‘zbekistonda chop etiladigan jurnallardan biriga intervyu berdi. Jurnalga joylashtirilgan suratlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yillarda Diana Yagofarova o‘zini oilaga bahsh etgan. U ikki o‘g‘il farzand ko‘rgan. Taxminimizcha egizaklar.

Ayni damda ushbu jurnaldagi suratlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11497 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chiqish qildi, so‘ng, 10 yil, Jurnal, sukunat, bilan, o‘g‘illari, Diana Yagofarova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное