Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilnoza Kubaeva ikki o`t orasida qoldi





“Suyunchi”, “Abdullajon”, “Chol va nabira”, “Chinora ostidagi duel”,  “Osmondagi bolalar” hamda “Sotqin” filmlari muallifidan yana bir yangi film.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ishchi nomi “Adashgan farishtalar” bo`lgan filmda aktrisalar Dilnoza Kubaeva, Shahzoda Matchonova va Ra`no Shodievalar taqdirning chigal yo`lga kirib qolgan ayollarning obrazlarini gavdalantirishadi.

Film bosh rejissyori hamda ssenariy muallifi Rihsivoy Muhammadjanov Protoday nashriga bergan intervyusida suratga olayotgan yangi filmi xususida gapirdi:

– Dastavval respublikamizning barcha teatr sahnalarida olqishlar bilan kutib olingan spektakl asosida film yaratishga kirishildi. Film bugungi zamonamizning global muammolaridan biri bo`lgan aldanib qolayotgan ayollarning hayotidan hikoya qiladi.

Filmda aktrisa Dilnoza Kubaeva jurnalist qiz obrazini gavdalantiradi. O`z faoliyati taqozosi bilan aldangan ayollar haqida ko`rsatuv tayyorlashga kirishgan jurnalist qizning hayoti kutilmaganda o`zgarib ketadi. Sababi, ko`rsatuvni tayyorlash chog`ida adashgan qizlarni  aslida uning suyukli turmush o`rtog`i shu kuyga solganini bilib qoladi.

Kutilmaganda hayoti o`zgarib ketgan Dilnoza ikki o`t orasida qoladi. Uning oldida endi ikki yo`l bor. Xo`sh, u sevgisini tanlaydimi yoki vijdonini? Filmning kulminasiyasi ham aynan shu erda. Filmnning intihosi haqida aytmayman. 

Filmda yomon yo`lga kirib ketgan qiz rolini o`z hohishi bilan Shahzoda Matchonova o`ynashga qaror qildi, aktrisa Rahno Shodieva esa qo`shmachi ayol rolini tanladi. Aminmanki, ushbu film oz bo`lsa-da yoshlarimizni bunday yo`lga kirmasliklari uchun saboq bo`ladi.”

Filmni suratga olish sentyabrda boshlandi, dekabrgacha ushbu jarayonnni nihoyasiga etkazish ko`zda tutilgan. Film premerasi Yangi yilning boshlariga rejalashtirilgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6669 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilnoza Kubaeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное