Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “sahifalari” va aldoqchi jurnalistlar haqida

Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva nomidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir necha sahifa yuritiladi, ularni minglab foydalanuvchilar kuzatib boradi. Masalan, @dilnoza.kubayeva akkauntini 3 mingga yaqin foydalanuvchi, @kubayevadilnoza sahifasini 3,5 mingdan ziyod muxlis kuzatib boradi.
Jurnalist Feruz Muhammad Instagram’dagi Dilnoza Kubayeva nomidan yuritilayotgan akkauntlardan qay biri aynan aktrisaga tegishli ekanini bilish maqsadida u bilan suhbat uyushtirib, nima uchun kinoda kamnamo bo‘lib qolgani va o‘zini jurnalistlardan olib qochishi sabablari haqidagi savollarga ham javob oldi.
— Bilishimcha, Instagram’da umuman yo‘qsiz, ammo u yerda juda ko‘p “Dilnoza Kubayeva”lar paydo bo‘lgan. Ular nomingizdan gapirib, suratlaringizni qo‘yib boradi. Bunga qanday munosabatdasiz?
— Haqiqatan ham Instagram’da yo‘qman. Siz aytgan sahifalar yuzasidan yaqinlarim, hamkasblarim ham telefon qilib, “Instagram’dagi rostdan senmisan?”, — deb so‘ragandi. Men emasligimni aytganimdan so‘ng, bu sahifalar mening nomimdan har xil gaplarni gapirayotganini bildirishganida, juda xafa bo‘lganman. Barcha aziz muxlislarimdan u soxta akkauntlarga ishonmasliklarini so‘rab qolaman.
— O‘zi qaysi ijtimoiy tarmoqdan muntazam foydalanasiz?
— Men umuman hech qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanmayman, bundan vaqtimni qizg‘anaman. O‘zini ko‘z-ko‘z qilishlar, yozilgan izoh va fikrlardagi xatoliklar, bema’ni videolar… O‘zbek yoshlariga bunday narsalar umuman yarashmaydi. Vaqtni arzirli ishlar uchun sarflash kerak, deb o‘ylayman. Bu qulaylikdan foydali maqsadlar yo‘lida ham foydalansa bo‘ladi.
— Bugungi kunda filmlarda deyarli ko‘rinmay qolganingiz gonoraringiz qimmat ekanligidanmi?
— Umuman unday emas. Yaxshi ssenariylar yo‘qligi sabab takliflarni rad etyapman.
— Ijodkorlar orasida “kuchli aktyor, aktrisa ssenariy yomon bo‘lsa ham, rolini baribir yaxshi o‘ynay oladi”, degan fikrlar yuradi.
— Bo‘lmagan gap. Agar qog‘ozda biror yuk bo‘lmasa, ming chirangan bilan hech narsa chiqarib bo‘lmaydi. Donolar: “Ssenariy, ssenariy va yana bir bor ssenariy!”, deb ketgani bor gap-ku. Filmda o‘zak, asos, material bo‘lmasa, qancha improvizatsiya qilib, yukni o‘z gardaningga olganing bilan, film bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi. Hali hanuz yaxshi ssenariyni kutyapman. Alohida ta’kidlashni istardim — yaxshi ssenariy bo‘lsa, filmning mablag‘i men uchun ahamiyatli emas.
— Nega doim jurnalistlardan qochib yurasiz?
— Buning sabablari ko‘p, jurnalistlar tomonidan bir necha bor aldanganman. Gazetaga chiqarish mumkin bo‘lmagan gaplarni ham chiqarishadi. Bir xil savollar qayta-qayta berilaveradi. Ular men haqimda bo‘layotgan gap-so‘zlarni mish-mish, uydirma ekanligini bilib turib, yana shu mavzularni ko‘tarishadi. “Bu ayol ekan, unda ham ko‘ngil bor, u haqida noo‘rin so‘z bo‘lsa, oila a’zolariga ham og‘ir botadi”, deb o‘ylamaydigan jurnalislar ham bor. Bo‘lar-bo‘lmas, xunuk mish-mishni so‘rash, uni ko‘pchilikning e’tiboriga havola qilish mentalitetimizga ham to‘g‘ri kelmaydi-ku, axir. Men hurmat qiladigan jurnalistlar ham ko‘p, ammo o‘z hurmatini bilmaydiganlari ham yetarli. Shu sabab ulardan qochib yurishga majburman.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10441 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Instagram, Dilnoza Kubayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
azizam1224 Artistlarimiz kundan kunga "aqlliii" bop ketiwvotide nu lekin owa aqli oziga keganda negadir iwlamidi
Like | 0
FeRuZaaa xamma bir xilmasku. ozilayam kirasilaku netga Dilnoza Kubayevaxon. silani xich kim gapirvotgani yoqku.
Like | 0
gulnoza664 ofari Dilnoza Kubayevaga fikirlariz tug'ri nu hartaraflama mukamal busez yanaym yaxshi
Like | 0
sanjarezoz Bizam hamma aktrisala yomon desak yaxshilariga tegib ketdiku gapimiz. Shuchun BA‘ZI FOYDALANUVCHILA deb gapirishni o‘rgansak bo‘lardi Dilnoz Opa. Sizi hurmat qilaman. Lekin faqat netga kiradganlani qoralashiz asabga tegadi. Omad sizga! :)
Like | 0
sanjarezoz Slishkom aqillilik qivorisham yaxshimas. Bu bn netga kiradganlani hammasi yomonmi. Ayniqsa ayolla. Me‘yorni bilsa bo‘ldida.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное