Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilnoza Kubayeva "to‘ylarni olib boruvchi eng qimmat boshlovchi" ekani haqidagi fikrlarga javob qaytardi

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida muxlislari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
U mashhurlikka erishish – o‘z halovating, xotirjamliging, joningni oromi, yaqinlaring, do‘stlaringdan, farzand tarbiyasining ba’zi bir qismidan voz kechish bilan barobar ekanini, shuningdek, san’atkor xalq e’tiborida bo‘lgani sabab o‘z yurish-turishiga, xatti-harakatiga, gapirayotgan so‘ziga ma’lum bir cheklov qo‘yishi kerakligini ta’kidladi.
Aktrisa “Dilnoza Kubayeva to‘ylarni olib boruvchi eng qimmat boshlovchi” degan mulohazadan norozi ekanligini qayd etdi.
U san’atkorlar qancha pul topishini barchaga ovoza qilib, ruxsat so‘ramay chop etayotgan insonlardan qattiq ranjiganini ta’kidladi. Aktrisaning qancha mablag‘ olishi bilan qiziqish – bu uning xuddi cho‘ntagidagi pulini sanashga teng ekanini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Kubayeva hech bir ijtimoiy tarmoqda shaxsiy sahifasi yo‘qligini bildirib, uning nomidan profil ochgan insonlarni esa o‘z umrini behudaga sarflayotgan maynavozchilarga qiyosladi.
Aktrisa o‘zining qimmatli vaqtini internetga sarflash niyati yo‘qligi va ijtimoiy tarmoqlarda ham hech qachon sahifa ochmasligini o‘z muxlislariga eslatib qo‘ydi.
O‘ziga bag‘ishlab fan-klub ochgan ashaddiy muxlislarga esa Dilnoza o‘z tashakkurini izhor etgan.
U so‘nggi vaqtlarda filmlarda kamnamo bo‘lgani sababini quyidagicha izohladi: “Hozir menda shunday davrki, negadir o‘zimga mos rollar nasib qilmayapti. Ijodiy jamoa yaxshi bo‘lsa, ssenariy bo‘sh bo‘ladi. Yoki juda yaxshi ssenariy, biroq bu obrazni sen qachonlardir ijro etgan bo‘lasan”.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9906 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Dilnoza Kubayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное