Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilso‘z: o‘sha tug‘uruqxonaning bunday “ish”lariga chek qo‘yish kerak!

Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimovaning ma’lum qilishicha, uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarining internetda tarqalib ketishi yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. Bu haqda xonanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Dilso‘zning tan olishicha, avvalroq o‘zi aktrisa Xosiyat Husanovaning shifokorlar kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirayotgan vaqtidagi rasmini ko‘rib dahshatga tushgan. “Eshitishimcha, raqqosa Parizodning ham shunday rasmi tarqalgan”, — deydi xonanda.
Dilso‘zning aytishicha, u ichki ishlar tizimida ishlagani sabab, suratlari Telegram’da tarqalib ketganidan so‘ng, ularga murojaat qilgan. “Tug‘uruqxonadan chiqishimdan oldin odam yuborishdi, ariza yozib berdim”, — deydi xonanda.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan. “O‘sha tug‘uruqxonaning bunday “ish”lariga chek qo‘yish kerak! Qaytib u tug‘uruqxonaga bormayman, ishonchimni suiiste’mol qilishdi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Dilso‘z 18-oktabr kuni Toshkentdagi 6-son tug‘uruqxonada qiz farzandlik bo‘lgandi. Avvalroq, xonanda uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarini “rus bo‘lmagan shifokor ayol” tomonidan tarqatilganini gumon qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9008 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Dilso‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное