Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Duduqlanishdan aziyat chekkan Hollivud yulduzlari





Hollivudning ko'plab yulduzlari ham o'z vaqtida oddiy odamlar singari  duduqlanishdan aziyat chekishgan. Shunisi qiziqki, ularning ba`zilari sahnada bu odatlarini yo'qotishning uddasidan chiqishadi. "Aktualnyye novosti" ("Dolzarb yangiliklar") nashrida duduqlanishdan aziyat chekkan Hollivud yulduzlari haqida maqola chop etildi


Rouen AtkinsonBritaniyalik mashhur aktyor bolaligidan duduqlanishdan aziyat chekkan. Bu g'ayrioddiy imo-ishoralari bilan birga unga o'ziga xos noqulaylik tug'dirardi, shu bois Atkinson maktabda boshqalarga "g'alatiroq" ko'rinardi. Tabiiyki, bu xususiyatlar noto'g'ri qabul qilinardi va uni ko'pincha ahmoq hisoblashardi. Qisman, aynan shu narsa unga shon-shuhrat cho'qqisiga chiqishga yordam berdi. Aktyor Rouen Atkinson "Janob Bin" obrazini o'zi yaratgan. Loyihaning asosiy g'oyasi - ahmoqlik emas, soddalikni namoyish qiluvchi o'ziga xos personajni ko'rsatib berishdan iborat bo'lgan. Aktyorning tajribasi ijobiy natija berib, unga omad olib keladi. Rouen Atkinson nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoning bosh komigi sifatida e`tirof etila boshlandi. Aktyorning tan olishicha, "Motor!" buyrug'i berilgandan so'ng u duduqlanishdan to'xtaydi. Hajviy aktyor haligacha nutqdagi kamchiliklaridan azob chekadi, biroq bundan tashvishga tushmaydi, zero uning bunday o'ziga xos xususiyati katta marralarni zabt etishiga sababchi bo'ldi. Merlin MonroHollivudning birinchi raqamli go'zali hisoblangan Merlin Monro dunyoni zabt etganida uning duduqlanishi  hech kimning xayoliga ham kelmagandi. Birinchi s`yomka paytidayoq uning bu muammosi bo'lgan, shu bois deyarli barcha jumlalarni qayta yozishga to'g'ri kelgan. Biroq rejissyorlar qizning barchani maftun qila olishiga ishonishgan. Aktrisa bu borada mutaxassisga murojaat qilgan, u nafaqat kamchilikni bartaraf etishga, balki noyob nutq uslubini yaratishda ham yordam bergan. Duduqlanish chekinishi uchun mutaxassis unga og'izni kattaroq ochish va biroz "sirli" (chuqur nafas olib) gapirishni tavsiya qilgan. Monro buning uddasidan chiqqan va tez orada hattoki qo'shiq kuylashga ham muvaffaq bo'lgan. 1962 yilda, aktrisaning o'limidan oldin uning bu odati yana paydo bo'ladi. Merlin Monro buni asab zo'riqishi bilan izohlaydi.



Bryus Uills Hollivudning "qattiq yong'og'i" Bryus Uills o'zining duduqlanishi deb kinoda suratga tushishdan mahrum bo'lishiga bir bahya qolgani kimning xayoliga kelishi mumkin?! Ma`lum bo'lishicha, aktyor bolaligidan duduqlanishi tufayli jiddiy aziyat chekkan, lekin vaqtida o'zini qo'lga olib, ota-onasining qo'llab-quvvatlashi ostida to'g'ri obraz yaratishga harakat qilgan. 8-sinfda o'qiyotgan kezlarida u sahnada umuman duduqlanmasligiga e`tibor bergan. Sahnada ajoyib ko'rinishiga qaramay, Uills dastlab universitetga kirdi va qunt bilan o'qidi. Biroz vaqt o'tgach esa kinoga bo'lgan qiziqishi ustun chiqib, Hollivud sari yo'l oldi. Bir qator g'alabalar va mag'lubiyatlardan keyin hayotda - duduq, sahnada esa - oddiy odam bo'lgan Bryus Uills dunyoviy mashhurlikka erishdi. Juliya RobertsUzoq yillar Hollivudning eng qimmatbaho aktrisasi sanalgan Juliya Roberts o'z hayotida ko'p qiyinchiliklarni boshidan o'tkazgan. Duduqlanish unga nasldan o'tgan, lekin boshqa aktyorlar kabi undagi duduqlanish odati ham sahnada yo'qolardi. Hayot esa uning davolanishiga imkon bermagan: ota-onasi ajrashganidan keyin aktrisa 4 yoshligida onasi kinotanqidchiga turmushga chiqqan, u tez-tez oila a`zolarini kaltaklar edi. O'rta maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq Roberts chiroyli tashqi qiyofasiga qaramay, umumiy ovqatlanish oshxonasida ishlay boshlagan.Modellik sohasidagi muvaffaqiyatidan keyin 20 yoshida Juliya Hollivud xodimlarining ko'ziga tushadi va o'shandan buyon rejissyorlar uni chin ma`noda sahnadan qo'yib yuborishni istashmaydi. Juliya Roberts duduqlanish odatidan voz kechish uchun juda ko'p harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan. 


Jyerar DepardeRobertsdan farqli o'laroq, Depardening duduqlanishi nasliy bo'lmagan. Yosh yigit oilaviy muammolar tufayli nutq buzilishiga duchor bo'lgan: u nemis okkupatsiyasi davrida yashagan, otasi spirtli ichimliklar ichgan, oila nochor yashagan, bolalar esa tez-tez kaltaklangan. Boshlang'ich maktabda yosh Jyerar deyarli hech kim bilan suhbatlashmagan, chunki nutqidagi kamchilikdan juda uyalgan. Keyinchalik u yomonlarga qo'shilib qoladi. Deparde maktabni tashlab qo'yadi va hattoki o'g'irlik ham qiladi. Bularning barchasiga chek qo'yish maqsadida u do'stining taklifi bilan Parijga yo'l oladi va uning bu tanlovi to'g'ri bo'lib chiqadi. U yerda bo'lg'usi yulduz aktyorlik kursiga o'qishga kiradi. Duduqlanishiga qaramay, sho'x yigit o'qituvchilarga juda yoqib qoladi va ulardan biri hattoki Jyerarning keyingi bosqichda o'qishi uchun to'lovni amalga oshiradi. Ma`lum muddat o'tgach, Jyerar nafaqat duduqlikni yengadi, balki yoshlikdagi barcha kamchiliklaridan xalos bo'lib, "yangi Jyerar Deparde"ni yaratishga muvaffaq bo'ladi. Semyuel L. JyeksonAktyor Semyuel L. Jyekson bolaligidan duduqlanishdan aziyat chekkan. Buning boisi oilasiga borib taqalgan: otasi u tug'ilishi bilanoq oilasini tashlab ketgan, onasi esa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushgan. Jyeksonning tarbiyasi bilan uning teatr maktabida ta`lim beruvchi xolasi shug'ullangan. Samyuelning tan olishicha, bunday yuksak marralarni zabt etish uning xayoliga ham kelmagan. Maktabda ko'pchilik uning ustidan kulgan, u barcha muammolaridan qutulish haqida ko'p o'ylagan. Duduqlanmaydigan qahramonlar rolini ijro etib, aktyor o'z kamchiligidan xalos bo'lish va nutqini to'g'irlashning uddasidan chiqqan. Nikol KidmanBugun Nikol Kidmanga qarab, uning qachonlardir duduqlanganini tasavvur qilish qiyin, lekin Hollivud yulduzining o'zi bolaligida sezilarli darajada duduqlanganini tan oladi. Buning natijasida u uzoq vaqt davomida juda ko'plab kamchiliklari bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Qizning noodatiy chiroyi hamma kamchiliklarini "yuvib ketdi". Uning atrofida o'ziga bo'lgan ishonch hissini mustahkamlovchi muxlislari va do'stlari ko'paya boshladi. 1989 yilgi debyutidan so'ng esa Nikol Kidman Hollivud yulduzi Tom Kruzning e`tiboriga tushadi va aktyor bu sohada unga katta yordam beradi. Aktrisaning tan olishicha, bugungi kunda u duduqlanish odatidan xalos bo'lgan, kamtarlikdan esa haligacha xalos bo'lolmagan. 


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7948 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Hollivud yulduzlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное