Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. TisMarHan-soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qirolicha - Soundterck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Titanik-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Dunyo tinchligiga tahdid solayotgan gegemonlar!

Putinning so‘nggi bildirayotgan fikrlaridan “IShID” negizida qator davlatlar turganini anglash mumkin. Katta siyosatning katta o‘yini(mi)!?
A321 layneri portlashiga aloqador terrorchilarni topish uchun Putin jamoatchilikni pul bilan qiziqtirib qo‘ydi. U terrorchilarni topganga Ben Laden boshi uchun taklif etilgan pul miqdorini – 50 million dollarni va’da qilmoqda. Dunyoga nima bo‘lmoqda? Kim kimdan o‘ch olmoqda? Kim kimga dushman? Ketma-ket sodir etilayotgan qasd olishlar yuzlab begunohlar yostig‘ini quritishga erishdi, xolos! Dunyo tinchligi esa tahlikaga qo‘shni bo‘lib qolayotir...
Yana Rossiya Prezidentiga ko‘ra, “G20”ga kirgan mamlakatlarning bir nechtasi ham ushbu yovuz terror tashkilotni moliyalab kelmoqda. Unda butun dunyo terrorizmga qarshi deya bong urilayotgani ham soxta ekan-da!? Bu “o‘yin” zamirida nima yotibdi?
Suriya Prezidenti Bashar Asadning aytishicha, Fransiyadagi tragediya  mamlakat tarixidagi yirik terror hujumdir, biroq, bu kabi mudhish portlashlar Suriyada 5 yildan beri davom etmoqda.  Yuzlab insonlarni portlashtishmoqda, qatl etishmoqda, azoblashmoqda. Liviyada bundan ham ko‘p. Iroq va Afg‘onistonni gapirmasa ham bo‘ladi. Fransuzlar hayoti siriyaliklar, liviyaliklar yo-da afg‘onlar hayotidan qimmatliroqmi?
Bu o‘zi va oilasining hayoti yuzlab yaxshigina haq to‘lanadigan tansoqchilar bilan himoyalanib keladigan rahbarning fikrlari.  Prezident bo‘la turib, o‘z xalqini azobdan qutqara olmagan inson uchun bu gaplarni aytish naqadar oson yo mushkul? Shu o‘rinda bir gap: Asadning “taxt”dan ketishini Rossiya istamaydi, AQSh esa uning tezroq qulashi tarafdori. Suriya dunyoning hudud jihatidan eng yirik mamlakati va uning raqibi, okean ortidagi eng qudratli mamlakatning harbiy “o‘yinchoq”iga aylanib qolmoqda...
Ishlab chiqarilayotgan qurollar, tanklar mamlakatlar daxlsizligini ta’minlash o‘rniga faqat biron niqob ostida sodir etilayotgan urushlar, shunchaki qon to‘kishlar uchun xizmat qilayotgani juda achinarli.
TVni yoqishga ham qo‘rqib qoldik. Qachon qarama, biron joy portlagan, qonli ko‘zyoshlar, yana nimalardir... Bir-bir yirik siyosiy uchrashuvlar haqida ham gap boradi. Mana, so‘nggisi “Gigant 20” uchrashuvi.  Xo‘sh, keyin-chi? Yuksak martabali shaxslarning qanday alfozda uchib kelgani, uchoqdan  tushishida qanday mulozamat ila qarshi olingani va hakazolar. Ma’ruzalar, yopiq eshik ortidagi sirli muloqotlar... Suriya, Liviya, Iroqda esa ahvol o‘sha-o‘sha. Bunday yirik siyosiy voqealar foydali yechimga kela olmasa, dunyo ahli – milliardlab tirik jonlar kimga ishonsin? Qaysidir nuqtalarda tengqurlari qonga belanib yotgan tinch mamlakatlardagi bog‘cha va maktab bolalari, yangi avlod-chi? Yer kurrasining ma’lum nuqtalarida avj olayotgan xavf boshqa yurtlarga ham tahdid solmasligiga kim kafolat bera oladi?
Gegemonlik, dunyoga yakkahokimlik qilish ilinjidagi sarsonlikka nuqta qo‘yish davri kelmadimikan?!
Jasur HAMROYEV


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11000 | Рейтинг: 0| Рейтинг: gegemonlar, tahdid, Dunyo tinchligi, solayotgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное