Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Eng ishonchsiz parollar beshligi aniqlandi

Foydalanuvchilar internetda ishlatadigan eng ishonchsiz parollar ro‘yxati Amerikaning SplashData kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda "ITAR-TASS” axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlar xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan parollar tahlili asosida olingan. 2013-yilda eng ko‘p tarqalgan parol "123456” kombinatsiyasi bo’lib, avvalgi peshqadam parol — "password” ikkinchi o’ringa tushib qoldi.

Birinchi beshtalikdan shunga o‘xshash – "12345678”, "qwerty” va "abc123” kabi juda oson parollar o‘rin oldi.

Boshqa mashhur parollarga  "adobe123” va "photoshop” so‘zi, shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilganda "maymun”, "menseniyaxshiko‘raman”, "soya” va "baxt” so‘zlari kiritildi.

"Biz bu ro‘yxatni jamoat e’tiborini jalb etish uchun e’lon qilyapmiz, chunki bu kabi parollardan foydalanish xavfli”, — deb ta’kidladi SplashData kompaniyasi rahbari Margan Sleyn. – "Foydalanuvchilar o‘zlarini himoyalash uchun oddiy ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Murakkab, eng muhimi, turli saytlar uchun har xil parollar tuzish lozim”.

Kompaniya mutaxassislari foydalanuvchilarga yuqorida sanab o‘tilgan parollarni zudlik bilan almashtirishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari,  ekspertlar ishonchli parol tuzish uchun bosh harflardan foydalanishning o‘zi yetarli emasligini, albatta, raqamlar va "yulduzcha”, "panjara” kabi maxsus belgilarni qo‘shish zarurligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, parollarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3088 | Рейтинг: 1| Рейтинг: parol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное