Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Eng yaxshi hind aktyori Amitabh Bachchan va uning oilasi

Amitabh Bachchan nomi butun dunyoda tanilgan. U Bollivudning haqiqiy afsonasi. Ammo uning hayot yo‘li boshqa hind aktyorlarining taqdiridan tubdan farq qiladi.

Mashhur hind aktyorlarining taqdiri-qashshoqlikdan muvaffaqiyatga erishish yo‘lidir. Ammo Amitabh Bachchanning hikoyasi butunlay boshqacha.

U Hindistonning eng boy va mashhur oilalaridan birida tug‘ilgan. Otasi — Hindistonning eng buyuk shoiri Xarivansh Bachchan. Onasi — Teija Suri, Hindiston bosh vaziri Buyuk Indira Gandining yaqin dugonasi va ishongan kishisi edi.

Amitabh va uning ukasi Ajitabh bolalikdan farovonlikda yashagan, u aktyor bo‘lishni bolaligidan orzu qilgan.

Yoshlik yillarda o‘qish paytida u teatrda qo‘shiq ijrochisi sifatida teatrda faoliyat yuritgan.
Katta kinolarda birinchi rolini faqat 1969 yilda o‘ynagan, ammo film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bachchan o‘z ustida tinimsiz ishladi. 1973 yil Bachchanning hayotini keskin o‘zgartirdi. Bu yil u «Cho‘zilib ketgan qasos» filmida suratga tushdi. Filmda u yovuzlik bilan kurashuvchi yolg‘iz qo‘riqchi rolini o‘ynadi. O‘shandan beri u Hindistonda «Darg‘azab yigit» nomini oldi, bu esa jangarilar yulduzi degan ma’nosini anglatadi.

Xuddi shu yili Amitabh Bachchan aktrisa Jaya Bhaduriga uylandi. Ularnin juftligi Hindistondagi eng baxtli oila sifatida e’tirod etiladi.

1975 yilda Bachchan davrning boshqa ramzi Dxarmendra bilan birga «Intiqom va qonun» filmida suratga tushdi. Ushbu kartina Hindiston tarixidagi eng yaxshi kino sanaladi. Film katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Bachchan ushbu filmdan so‘ng Hindistonda misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishdi.

1980 yillarning o‘rtalarida Bachchan o‘zini siyosatda sinab ko‘rdi va Rajiv Gandi partiyasi deputati bo‘ldi.
Lekin Bofors korrupsiya ishi munosabati bilan siyosiy faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Bachchan kinoga qaytib keldi va undan boshqa ketmadi. U hozirgacha muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda davom ettirmoqda. U 271 ta filmda suratga tushgan. 2000 yilda Hindiston kinoijodkorlari milliy assotsiatsiyasi Amitabh Bachchanni ming yillik aktyori sifatida tan oldi.

Bachchanning shaxsiy hayotida hamma narsa juda oddiy, bir epizoddan tashqari. 1982 yilda aktyor xotinining do‘sti, aktrisa Rekha bilan ishqiy aloqada bo‘lgan. Har bir hind bu haqda bilar edi, lekin turmush o‘rtog‘i his-tuyg‘ularini boshqalarga ko‘rsatmadi.

Xuddi shu yili Bachchan «Yuk tashuvchi» filmida barcha xavfli tryuklarni o‘zi ijro etdi, bu esa uning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Uning talog‘i yorilib komaga tushib qoldi.

Bachchan uchun butun mamlakat ibodat qildi, xotini esa uning yonidan bir daqiqa ham ketmadi.
Komadan chiqqach Bachchan xotiniga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. U barcha aloqalarni uzib, Hindistonning eng oilaparvar aktyoriga aylandi.

Manba:xabar.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 6597 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ​​​​​​​Amitabh Bachchan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:34
Добро Пожаловать, Mexmon

Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное