Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini hal qilishga tayyorligi, lekin sharti borligini aytdi
Turkiya Rossiya va Ukraina urushini tugatishda faqat va faqat Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini saqlab qolish asosida harakat olib boradi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 20 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi chiqishida gapirdi. 

Uning qayd etishicha, Turkiya nafaqat pandemiya va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarda, balki balki Rossiya-Ukraina urushi sabab yuzaga kelgan zarbalarga qarshi kurashda ham o‘zini ifoda eta olgan. 

“Ukrainadagi mojaroning birinchi kunidan, ya’ni 7 oydan beri biz urushda g‘olib, adolatli tinchlikda esa mag‘lub bo‘lmaydi, degan g‘oya bilan harakat qildik”, deydi Erdo‘g‘an.

Bugun dunyo boshidan kechirayotgan inqirozni yechishda muloqot va diplomatiyaning muhim rolini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, tomonlarni avval Antaliya diplomatiya forumida, keyin esa Istanbulda bir stol atrofiga to‘plaganini eslatdi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Ukrainadan Bosfor bo‘g‘ozi orqali jo‘nab ketayotgan don ortilgan kemalarning suratini ko‘rsatib, shunday deydi: 

"Bosh kotib bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida Ukraina g‘allasining Qora dengiz orqali dunyoga yetib borishini ta’minladik. Bu rivojlanishni ta’minlagan Istanbul kelishuviga ikki oy to‘lar ekan, yuk tashishning kundan kunga tezlashayotganini mamnuniyat bilan kuzatyapmiz. G‘alla yetkazib berishning uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu kelishuv Turkiyaning so‘nggi yillarda erishgan eng katta yutuqlaridan biridir. Ushbu muvaffaqiyat bilan butun dunyo bo‘ylab xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘raganlarning BMTga bo‘lgan ishonchini yangiladi. Istanbul kelishuvi muzokaralar tomonlar uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar bo‘yicha natija berganini isbotladi”. 

Davlat rahbari xuddi shunday yondashuvni Zaporoje atom elektr stansiyasidagi inqirozga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini aytib, bu butun insoniyat xavfsizligi uchun muhimligini urg‘uladi. 

“So‘nggi paytlarda avj olgan urushni Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi asosida tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni oshirishda davom etamiz.

Xalqaro tashkilotlarni va barcha davlatlarni Turkiyaning mustahkam tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini chin dildan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Har ikki tomonning inqirozdan munosib chiqib ketishiga imkon beradigan oqilona, adolatli va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan diplomatik yechimni birgalikda topishimiz kerak”, deydi Erdo‘g‘an.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1871 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sharti, borligini, qilishga, Erdo‘g‘an, Rossiya, tayyorligi, lekin, aytdi, urushini, hal, Ukraina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное