Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Erkaklar hiyonatining birinchi belgilari: topamiz va bartaraf etamiz


Hiyonat kutilmaganda xanjardek yurakka uriladi. Necha yillar davomida bir yostiqqa bosh qo‘yganingiz urgan pichoqning og‘rig‘i achchiq. Erkak hiyonatining oldini olib bo‘ladimi? Axir begona ayol bilan «gaplashish bosqichi» ham bo‘ladiku. Mana shu bosqichni bilish, sezish uchun ayoldan biroz ziyraklik talab etiladi. Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

Ichimizda «Men erimga ishonaman» deydiganlar ham, «tekshirsangiz, chiqadi-da, undan ko‘ra bilmayman ham, kuymayman ham» deydiganlar ham bor. Ammo «erim bir necha yildan beri yurarkan, xatto chetdan ikkita bola ham orrtirib olgan ekan» deb ayuhannos solayotganlar ham yo‘q emas. Shu bois ham o‘z erini nazorat qilib, hiyonatning birinchi belgilarini sezishi zahoti ularga qarshi aql va farosat bilan choralar ko‘rib yurish zarar qilmaydi. Ishonuvchan, sodda ayollarning go‘lliklaridan esa afsuski, erlari unumli foydalanishadi.

Xo‘sh, begingizning hiyonat ko‘chasiga kirganini yoki shu ko‘chalarga kirsammikan, kirmasammikan, deb yurganini qanday aniqlash mumkin? Erkaklar odatda qovun tushirib qo‘yadigan may-chuyda jihatlarga diqqatingizni qarating.

Gaplariga quloq tutamiz

Eringiz ishxonasidagi hamkasbi, uzoqroq qarindoshi, qo‘shni ayol yo kenjatoyingiz enagasining anyanchli qismati haqida siz bilmagan faktlarni bir-ikki marta aytdimi, ehtiyot bo‘ling. Nima uchun ayol kishi erkakka dardihol qilyapti? Mayli, hamkasbini tanimaysiz (vaholanki, eringizning hamkasblari bilan ham tanishib olish zarar qilmaydi), lekin qarindosh, qo‘shni yoki enaga o‘z muammolarini begona erkakka emas, sizga aytishi kerak ediku. Demak, begingiz ularning maslahatgo‘y akasiga aylanib bo‘lgan. Dardihol qilishga esa mavzu topiladi – eri yuradi (pul topmaydi, ko‘chaga sarflaydi, uradi va hokazo...), hayoti og‘ir (onasi kasal, kvartirasi yo‘q, otasi ikchkilikboz). Eringiz hayot mashaqatlarida qiynalib qolgan ayolga dalda beradi. Ayol unga mungli ko‘zlari bilan qarab, «mana siz boshqachasiz, xotiningizning hurmatini joyiga qo‘yasiz, topganingizni uyga oborasiz, qattiq gapirmaysiz, uy-joylarga qaraysiz» deb maqtaydi. Begingiz esa o‘zini sher his qiladi – «Haqiqatan ham qanday zo‘rman-a!» Mana shu bosqichda, ya’nikim hali eringiz u ayol bilan jiddiyroq munosabatga kirishib ulgurmaganida, yoringizning gaplarini qulog‘ingizning bir chetidan o‘tkazib yubormang.

Nima qilish kerak?Bu bosqichda hali turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatingiz yaxshi. Aks holda u begona ayollarning gaplarini sizga aytib bermagan bo‘lardi. Demak, shu paytda u gapirgan ayol bilan do‘stlashib olish choralarini ko‘rish kerak. «Qani dadasi, shu ayol bilan tanishtiring, uni o‘zim ruxshunosga olib boraman» deng, masalan. Unga achinayotganingizni namoyish eting. U ayol bilan tanishib, gaplashganingizdan keyin esa uning bor kamchiliklarini eringizga so‘zlab bering. Ayolni chidamsizlik, sabrsizlik va noshukrligini dalillar bilan keltiring. Faktlar topilishiga esa ishonchimiz komil. Juda topilmasa, sal bo‘rttirarsiz. Hijolat bo‘lmang! Begona erkakkaki u o‘z erini (sobiqmi, borimi, farqi yo‘q) yo yaqinlarini yomonlabdimi, siz ham qarshi dalillardan o‘z foydangizga ishlab qoling.

O‘zgardi, qo‘ydi!

Siz har doimgidek uylaringizni ozoda tutib, osh-ovqatingizni vaqtida pishiryapsiz, bolalarning ham, eringizning ham kiyimlari yuvilgan, dazmollangan. Lekin begingiz keyingi paytda avvalgidan asabiy. Nuqul ishingizdan kamchilik topadi. Noroziligidan xuddi u shu turgan uyidan ko‘ra tuzukroq uyda yashashi, yaxshiroq mashina haydashi, bolalari ham aqlliroq, xotini esa sizdan-da uddaburonroq bo‘lishi kerakligini uqasiz. Ovqatingiz yarim soatga kechiksa, qirg‘in janjal qiladi, avvallari o‘zi bemalol qilib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ishni siz bajarishingizni talab qiladi. Masalan, siz manti pishirayotganingizda, bemalol ko‘ylagini dazmollab ketayotgan odam, endi qo‘liga dazmol olmasligini, bu erkak kishiga yarashmasligini aytib, da’vo qiladi. Har doim maqtab-maqtab yegan mantingizdan ham kamchilik topadi, juda bo‘lmasa, tuzi kam deydi.

Nima qilish kerak? Indamay aytganini qilganingiz sari talablari ham oshib boraveradi. Bu bosqichda eringizning sizga yoqmagan jihatlarini gapirishga o‘rganishingiz kerak, aks holda u hamisha o‘ziga qanday qulay bo‘lsa, shunday yashashga o‘rganadi-qoladi.Agar gaplaringiz tufayli janjal chiqishidan qo‘rqsangiz, u holda shu qurquvlaringizni yengish ustida ishlashingiz kerak. O‘z fikringizni, voqelikka munosabatingizni aytishni o‘rganing, busiz o‘zingizga qulay munosabatlarni qurish mumkin emas. Agar-da, o‘z huquqlaringizni talab qiloladigan ayol bo‘lsangiz, u holda eringiz bilan kelishmovchiliklarning sababini topishingiz kerak. Ko‘pincha ayollar erkak kishi unday qilishi kerak, bunday bo‘lishi kerak, deydilar-u, beklarining istaklari va noroziliklariga e’tibor bermaydilar. Balki uning istaklari amalga oshmayogani uchun ham u noroziligini mayda narsalarga ko‘chirayotgandir? Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, uning gaplariga quloq tuting, unga nimalar yoqmayotganini tinglang va bartaraf eting.

Qo‘l telefonmi,jon telefon?

Sevishganlar, odatda bir-birlari bilan kechqurunlari, shanba-yakshanba kunlari ham gaplashgilari keladi. Hayotiy vaziyat, turmushdagishart-sharoit bois begingizning ko‘nglini ovlamoqchi bo‘lgan parining zudlik bilan yechilishi kerak bo‘lgan ishi chiqib qolar. Xullas ular bir-birlari bilan qo‘l telefonlari orqali aloqaga chiqib turishgani bois, jufti halolingiz har qanday usullar bilan sizdan aloqa vositasini yashirishga harakat qiladi. Ovozini o‘chirib qo‘yish, kelayotgan telefonlarga javob bermaslik, parol o‘rnatish yoki umuman foydalanmaslik... Sababini so‘rasangiz esa javoblar tayyor: «Qarz oluvdim, so‘rayapti»dan «gruppamizdagi yigitlar bezor qilib yubordi»gacha. Endi u telefoninini shunchaki stolga qo‘yib qo‘ymaydi, cho‘ntagida esidan chiqarmaydi, o‘zi bilan, hatto, vannaxonaga ham olib kirib ketish odatini chiqaradi.

Nima qilish kerak?

Odatda telefonida qiz-juvonlar bilan gaplashib yuradigan erkaklar, sizni ham tekshirib yurishadi. Demak, siz ham telefoningizga parol o‘rnating-u, uning telefoni paroldan chiqarilganidan keyingina siz ham paroldan chiqarishingizni ayting. Agar telefoningizga parol qo‘yishingiz, uni havotirga solmasa, qayg‘urmang. Demak u sizga ishonadi. Xotiniga ishongan erkaklar esa, odatda, o‘zi ham hiyonat qilmaydi. Har holda shunga umid qilamiz.

Va boshqa belgilar...

Erkak kishining tinimsiz ishdan kech kelishi, lavozimi yo maoshi ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, «ishi ko‘paygan» i, tashqi ko‘rinishiga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berishi, uyga kamroq pul sarflay boshlagani, dam olish kunlari ham «ishi chiqib qolishi».

Nima qilish kerak?

Eringizni ikki qo‘llab birovga berib qo‘ymasligingiz kerak! Uning uchun kurashishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sabr sizga yor bo‘lsin. Kurash uzoq davom etishi va bu sizning uncha-muncha asbingizga putur yetkazishi turgan gap. Begingiz kurashish uchun arzisa, avvalgi munosabatlaringiz ularni qayta qurishga loyiq bo‘lsa, vaqtni boy bermang. Raqibingizni yo‘q qilish uchun quyidagi usullardan foydalaning:

O‘zingizga chetdan qarang. Balki eringizning «chapga» qarashida sizning ham aybingiz bordir. Demak, o‘z tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullanishning ayni vaqti. Sportzalga yoziling, sellyulitga qarshi massaj oling, kosmetolog, sartarosh va stilist xizmatlaridan foydalaning. O‘zingizdan pul ayamang. Oilaviy byudjetni hech ikkilanmay o‘zingizga sarflang.

Ikkinchi «asal oyi» uyushtirishga nima deysiz? Balki birga dam olishga chiqarsizlar yo shahar aylanarsizlar? Dam olish chog‘i hamisha xursand, baxtli ko‘rinishda bo‘ling. Hiyonat haqida o‘ylamang (qanchalar og‘ir bo‘lmasin). Birgalikda dam olayotganingiz onlari tushirilgan suratlarning eng chiroylilarini ijtimoiy tarmoqlarga joylang – raqibangiz kuyib «o‘lish»ni boshlasin.

Yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan rejalashtirilmagan uchrashuvlar uyushtiring. Eringizning uchrashuvlarini chilpakka chiqarish uchun bu haqda unga oxirgi daqiqada ayting. Zudlik bilan yechilishi kerak bo‘lgan oilaviy muammolar o‘ylab toping: bolani qaerdandir olib ketib, biror joyga olib borib qo‘yish, mehmon kutish,uyda ta’mirlash ishlarini boshlash. Oilaviy ishlar bilan andarmon eringizdan maqtovlaringizni ayamang.

Eringizning ishxonasiga borib turing. Iloji bo‘lsa, hamkasblaridan birortasi bilan do‘stlashib oling. O‘shanda majlis bo‘ldimi, yo yakshanba kuni ishga chaqirishdimi, boxabar bo‘lib turasiz.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan ochiqchasiga gaplashib oling. Baqir-chaqir qilmang, «shallaqi» degan tamg‘a hozir sizga umuman kerak emas. Unga nima yetmayotganini so‘rang. O‘zingizni yerga urmang. Hech narsani bilmagandek, indamay yuraverish eringiz va uning sevgilisi uchun juda qulay. Munosabatlarni oydinlashtirmoqchi bo‘lsam, u albatta tashlab ketadi, deysizmi? Nasib qilsa, unday bo‘lmaydi. Negaki, statistikaga ko‘ra, hiyonat qilganlarning atigi 8 foizigina oilasini tashlab ketarkan.

Xulosa o‘rnida, gap shuki, eringiz uchun kurashish yoki kurashmaslik qarorini chiqarish sizning qo‘lingizda. Nima bo‘lganida ham o‘zingiz va o‘z hayotingizning qadriga yeting, deymiz! Hayot oldinda va bu hayotingiz, albatta, baxtli bo‘lishiga ishoning.

Nazokat tayyorladi.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 6760 | Рейтинг: 0| Рейтинг: topamiz, Erkaklar hiyonati, birinchi belgilar, bartaraf etamiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное