Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Eron pista eksportidan 1,3 mlrd dollar daromad ko‘rdi

Eron savdo, sanoat va konchilik palatasi eksport komissiyasi rahbari Asadulla Asqaravlodining ma’lumot berishicha, 2014 yil martidan 2015 yil martiga qadar bo‘lgan davr mobaynida Eron pista eksportidan 1.3 mlrd dollar daromad ko‘rgan.
Asqaravlodining ta’kidlashicha, Eronda pista eksporti tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Joriy yilda 200 ming tonna pista yetishtirib, 150 ming tonnasini eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Eronga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy cheklovlar pistachilikka ta’sir ko‘rsatmasligi bois uni eksport qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Ayni kunlarda pista ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda AQSh turadi, Eron esa ikkinchi pog‘onani band etgan. Lekin Eron pista eksporti bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. AQShda pista ko‘proq ichki bozorda iste’mol qilinadi.
Shuningdek, eksport komissiyasi rahbari pistaning asosiy qismi Xitoyga chiqarilishini ta’kidlab o‘tdi.
Iran.ru resursining eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili Eron pistasining o‘rtacha narxi 8-8.2 dollarni tashkil qilgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3141 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pista, Eron, daromad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное