Ertaga ayrim hududlarda harorat -3 darajagacha tushib ketadi
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, ertaga, 16 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Toshkent shahrida havo harorati kunduzi 11–13 daraja, kechasi 2–4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi esa 3 darajagacha sovub ketishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kunduzi +10...+15 daraja bo‘lsa, kechasi 5 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham kunduzi harorat 15 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi 7–12 daraja, kechasi 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.