19 noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 11–13 daraja, kechasi esa 2 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 6–11 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi esa 3 darajagacha sovib ketishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 10–15 daraja iliq, kechasi 3 darajagacha sovib ketadi.
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham harorat kunduzi 15 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 2 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 10–15 daraja, kechasi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.