Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga O'zbekistonning ayrim hududlarida 15 darajagacha sovuq bo'ladi


O'zgidromet O'zbekistonda 23 noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahri: Havo o'zgarib turadi, biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston, Xorazm viloyati: Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari: Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, ba'zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bo'ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari: Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari: Havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlari: Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7—12 m/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo'ladi.



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1856 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qish, ov-havo, qor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное