Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga O‘zbekiston ahlini quyoshli ob-havo kutmoqda


Kuz fasli bu yil o‘zgacha tarzda davom etmoqda. Avvaliga yomg‘ir yog‘ishini deyarli barcha intiqlik bilan kutdi. Keyin esa kutilmaganda harorat tushib ketib, ayrim hududlarda hatto qor yog‘ishga ham ulgurdi. Oktabr oyi oxirlab borishiga qaramasdan yana iliq havo hukmronlik qilmoqda. Ertaga, 26 oktyabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 18–20 daraja, kechasi 6–8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kunduzi 15–20 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida havo o‘zgarib turadi. Shamol tezligi sekundiga 3–8 metrni tashkil qiladi. Harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo harorati kunduzi 25 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3442 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное