Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga O‘zbekistonda harorat 42 darajagacha ko‘tariladi


Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 2 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi. Surxondaryo viloyatida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda havo harorati kechasi +20...+22, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, bulutli havo kuzatiladi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +15...+20, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +19...+24, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo kechasi +20...+25, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s tezlikka yetishi mumkin.

Surxondaryo viloyatida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +37...+42 daraja bo‘lib, 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Qashqadaryo viloyatida havo kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 darajagacha ko‘tarilib, biroz bulutli bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +15...+20, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6868 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное