Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat -13 gacha tushadi


Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 15 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -3...-1, kunduzi +8...+10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Farg‘ona vodiysida havo kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Havo biroz bulutli bo‘lib, shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +8...+13 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga yetadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -11...-6, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -13...-8, kunduzi esa -7...-2 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Sarvinoz Xaydarova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2917 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное