Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 11 noyabr’ kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +3...+5, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.

Farg‘ona vodiysida havo kechasi +0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi. Xavo biroz bulutli bo‘lib, Qashqadaryo viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/sni tashkil etib, yomg‘ir yog‘adi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -5...0, kunduzi esa -3...+2 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Xaydarova Sarvinoz



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4497 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное