Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 8 yanvar kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +3...+5, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi va yog‘ingarchilik kutiladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘adi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s tashkil qilib, yomg‘ir yog‘adi.

Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yog‘ingarchilik kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi -5...0 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetib, qor yog‘ishi kutiladi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2298 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное