Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertaga Toshkentda yana yomg‘ir yog‘adi


Bu yilgi kuz avvalgi yillardan keskin farq qildi. Sentabr oyining oxirida ayrim hududlarda hatto qor yog‘di. Havo harorati keskin tushib ketib, yomg‘irlar mavsumi ham boshlandi. Ertaga, 3 oktabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha yetadi. Harorat kunduzi 17-19 daraja, kechasi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 10-15 daraja, kechasi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro viloyatida ham ertaga yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi 15-20 daraja, kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida esa ertaga, 3 oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 15-20 daraja, kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida hamon issiq harorat saqlanib turibdi. Janubiy viloyatda ertaga yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 25 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi ertaga yomg‘ir ostida qoladi. Shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha yetadi. Harorat kunduzi 15-20 daraja, kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 3 oktabr kuni Chorvoq, Chimyon va Qamchiq dovonida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik yog‘ishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tgandik.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2818 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo, Yomg'ir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное