Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Farhod Alimov Rayhon bilan turmush qurganidan so`ng ilk marta intervyu berdi





O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning turmush o`rtog`i, boshlovchi Farhod Alimov jurnalist Baxtiyor To`raxonovning “19:09” ko`rsatuvida mehmon bo`ldi. 

Ma`lum bo`lishicha, Farhod Alimov suhbatga kelishidan oldin muharrirdan shaxsiy hayoti bilan bog`liq bo`lgan savollarni bermaslikni so`ragan. Buning sababini u quyidagicha izohlaydi: 

“To`g`risini aytsam, men ijtimoiy tarmoqlardagi mantiqsiz muhokamalardan charchadim. Men bir narsani aytishim mumkin. Eng asosiysi — biz baxtlimiz. Boshqa narsani muhokama qilishni istamayman va sevishni biladigan har bir inson baxtli bo`lsin. 

— Tushunimcha, shaxsiy hayotingizdan foydalanib, o`zingizga piar qilish maqsadingiz yo`q va hech qachon bo`lmagan?

— Ha, ijtimoiy tarmoqlar orqali bu haqda ham gapirishdi. Rayhonga yanada mashhurroq bo`lish uchun uylandi, hatto klipda ham suratga tushdi, deyishdi. Aslida esa men 2008 yildan beri kliplarda suratga tushaman. Shuning uchun shaxsiy hayotim bilan o`zimga piar qilishni istamayman, men shunchaki baxtli bo`lishni istayman. Baxtli bo`lishga esa hammaning haqqi bor!

— Siz o`zingizga bo`lgan qiziqishning bu tariqa ortib ketishini taxmin qilmagandirsiz?

— Ochig`ini aytsam, kutmagandim. Nikoh marosimi imi-jimida o`tadi, deb o`ylagandim. Biroq, bunday bo`lmadi, bu haqda hamma gapirdi. 

— Sizlar buni yashirishga urinmadingiz?

— Yo`q, nimaga yashirishimiz kerak? Shunchaki biz buni hammaga e`lon qilmadik. Nikoh oshiga yaqin do`stlarimizni taklif etdik. Ular bizga baxt tilashdi. Ba`zan esa ijtimoiy tarmoqlar orqali qavs ichida ham “baxt” tilaganlar bo`ldi.  

— Adashmasam, asli kasbingiz iqtisodchi? 

— Men 1998 yilda Toshkent davlat agrar universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlaganman. O`z sohamda bankning kredit bo`limida roppa-rosa bir yil ishladim. Shundan so`ng bu soha men uchun emasligini anglab etdim va kasbimni o`zgartirdim. Raqamlarni yoqtirmayman, menga musiqa, shou-biznes olami yoqadi. 

— Sizni to`ylar boshlovchisi sifatida bilishadi. 

— Ha, men to`ylarda 2006 yildan beri boshlovchilik qilaman. 

— Shuncha yil davomida siz ko`plab oilalarning bunyod bo`lishiga guvoh bo`ldingiz. To`ylar albatta bir-biridan tubdan farq qiladi, biroq ularni umumlashtiruvchi jihatlar nimada deb o`ylaysiz? 

— Men bu to`ylarda ikki yoshni sevgi va muhabbat birlashtirayotganiga umid qilaman. Ularning ko`zlarida to`yim qanday o`tarkin, degan xavotir, hayajonni ko`raman. To`y oldi taraddudida har ikkala inson ham o`zgaradi, ular to`ylarining chiroyli va esda qolarli o`tishini istashadi. 


Eslatib o`tamiz, Farhod Alimov va Rayhon G`anievaning nikohi munosabati bilan 5 noyabr kuni poytaxtdagi “Atlant” restoranida amru-ma`ruf dasturxoni yozilgan edi. Juftlik asal oyini BAAning Dubay shahrida o`tkazdi.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7843 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Farhod Alimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NuR_KR Bahtli bo'sin! B)
Like | 0
NuR_KR Bahtli bo'sin! B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное