Bojalar - Nargiz (Video... Bojalar - Nargiz (Video...
Ali Otajonov - Oqibat (... Ali Otajonov - Oqibat (...
Rayhon - Hamma Jam (Vid... Rayhon - Hamma Jam (Vid...
VIA Marokand - Million ... VIA Marokand - Million ...
Nilufar Usmonova - Dada... Nilufar Usmonova - Dada...
Согдиана - Неделимы (Vi... Согдиана - Неделимы (Vi...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Pazanda - Soundtrack
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Kuz ertagi-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Farruh Zokirovdan tanqid eshitgan va Tohir Sodiqov duet kuylashdan bosh tortgan UMIDAXON



"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professional musiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON...

1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata” qo`shiqlari. Qay biri "tarozi pallasini bosadi"?

— Albatta, milliy yo`nalishdagi qo`shiqlarim. Chunki bu ijodim etti yoshdan etmish yoshgacha bo`lgan auditoriyani qamrab ololgan. Lekin zamonaviy, kayfiyatbop qo`shiqlarimning ham o`z ting­lovchilari bor. Ijodkor serqirra bo`lishi kerak, bitta yo`nalishda qotib qolishni istamayman. Maqom, estrada, rep, qisqasi, hamma yo`nalishda kuylay olaman va turli yo`nalishlarning ixlosmandlarini xursand qilishga harakat qilaman. Kim hozir ettidan etmish yoshgacha bo`lgan muxlislarga yoqadigan qo`shiq kuylay olyapti? Hech kim!

2— Demak, Umidaxon ham bunday qo`shiq kuylay olmaydi, shundaymi? Avval imkonini topgansiz-ku, hozir nima xalal beryapti? Ertaga sizning ham qo`shiqlaringizni sog`inib tinglanishi yoki unutilishi o`z qo`lingizda-ku!

— Besh qo`l barobar emas, hammaga birdek yoqib bo`lmaydi. Ustoz san`atkorlarning qo`shiqlarini shlyager, deb eshitaverishadi. Lekin bugungi muxlis butunlay boshqacha. Mendan avval ijod boshlaganlar ham bor-ku. Birortasi sog`inib tinglanadigan qo`shiq yozganicha yo`q. Men ijod boshlaganimga esa endi etti yil bo`ladi. Unutilmas qo`shiqlar yozishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.

3— Ustoz san`atkor Nuriddin Haydarovning “Yulduzimsan” nomli qo`shig`ini yangi sayqalda ijro etib, ozmi-ko`pmi e`tirof etildingiz. Biroq shu nomli musiqiy albomingiz muqovasidagi “Oti Yulduzimsan” yozuvi nafaqat ustoz san`atkorga, balki muxlislarga nisbatan ham hurmatsizlik emasmi?

— Albom chiqarish uzoq yillardan beri kutilgani uchun jarayon tezlashib ketdi. Qolaversa, o`z shaxsiy muammolarimga o`ralashib, befarqlik qildim, tan olaman. Lekin taqdimot o`tgach, sotuvga chiqqan hamma albomning muqovasidagi yozuv “Yulduzimsan” deb to`g`rilandi.

4— Umidaxon so`nggi vaqtda she`rlardan emas, matndan qo`shiq kuylayapti. Tanqidni boshlab berdim, qolgan kamchilik­laringizni vijdonan davom ettiring-chi...

— To`g`ri, ba`zi qo`shiqlarim matndan iborat, lekin hammasi emas. Xudo xohlasa, bundan buyon shoirlar bilan hamkorlik qilaman. Gohida dangasaligim tutsa, ishga kirishishim qiyin kechadi.

5 — "Cover up" loyihasidagi ishtirokingiz bilan ijodkor sifatidagi imkoniyatlaringizni sinab ko`rdingiz. Xo`sh, nimalarni hali eplolmas ekansiz?

— “Golos” loyihasini ko`rib, bizda ham shunday loyihalar bo`lsaydi, derdim. "Cover up"ga taklif qilishganida juda xursand bo`ldim. Bu loyiha men uchun katta “maktab” bo`ldi. Savolga kelsak, hammasini eplay olar ekanman!

6 — Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqovning siz bilan duet kuylashdan bosh tortgani va O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning tanqidini qanday tushunish kerak?

— Tohir Sodiqov ko`rsatuv boshida maqtab turib, so`nggida salbiy fikr bildirdi, duet kuylashdan ham bosh tortdi, tushunmay qoldim. Nazarimda, bu harakatini o`zini katta tutishga yo`yish mumkin. Farrux Zokirov “sover” yo`nalishini qabul qilolmadi, shu bois tanqid qildi. Vaholanki, loyiha shartiga ko`ra, qo`shiqni “sover” yo`nalishida kuylagandim, ijroim yomon emasdi. Agar bu uslub yoqmasligini bilganimda, qo`shig`ini xuddi o`zidek qilib kuylab berardim, qo`limdan kelardi.

7— “Xit” qo`shiqlaringiz yo`qligi birgina sizga bog`liq emasligini aytishdan charchamaysiz. Kechirasiz-u, ijrochi sifatida she`r tanlash imkoniyatiga egasiz-ku yo prodyuserlik markazi bilan shartnomangizga bunday huquq kiritilmaganmi?

— To`g`ri, avvallari unday huquqim yo`q edi. Shu bois ijodni milliy yo`nalishdan boshlaganman va e`tiborga tushmaganman. Aslida “Kel, yarashaylik” qo`shig`im yo`nalishida ijodga kirishni istagandim, ruxsat bo`lmagan. Vaqt o`tib, “Kel, yarashaylik”ni kuylashga ko`ndirib, “tashrif qog`ozi”ga ega bo`ldim. Orada bu yo`nalishdan chekinilmaganida hozir bunchalik qiynalmagan bo`lardim. Yaqindan beri erkinlikka ega bo`ldim. Nasib bo`lsa, ommalashadigan qo`shiqlarim bo`ladi.

8— San`atdagi qirq yillik tajribaga ega san`at­korlarning farzandisiz, “Yo`limdan qoch” klipi bilan “plagiat”likka qo`l urib, misqollab yiqqan obro`ingizni sovurish shartmidi? Klipmeykerga ham ko`chirmakashligi uchun pul to`landimi, tekinga ishlamagandir?

— Yo`q, bu bilan obro`im sovurilmadi. Mashhur san`atkorlar singari “plagiat” qo`shiqlarni “o`zimniki”, deb turganim yo`q-ku. Klipimda bir-ikkita kadrdangina foydalanilgan, bu ko`chirmakashlikka kirmaydi, nazarimda. Klipmeyker o`sha klip kadrlarini ko`rsatganida o`zim rozi bo`lganman. Asosiysi, qo`shig`im o`g`irlanmagan.

9— Umidaxon qachon shou-biznes vakilidan san`atkorga aylanadi?

— (O`ylanib) Yillar o`tib, ustoz san`atkorlarimiz singari qoqilib, yiqilib, o`z yo`limni topaman va san`atkorga aylanaman, degan umiddaman.

10.Maxsus savol!

Dilorom Omonulaeva, O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi

— Umidaxon, ham maqom, ham o`zbek va Evropa estradasini maromiga etkazib ijro eta oladigan, professio­nal texnikasi yuqori xonandasiz. Ovoz zo`r bo`lsa-da, o`z qo`shig`i bo`lmasa, bu — vaqtning behuda ketgani. Bitta kamchiligingiz — o`z repertuaringiz yo`q yo yanglish­yapmanmi?

— Dilorom opa, siz darslik yuzasidan kuylagan qo`shiqlarimnigina bilasiz. Balki ijodimni kuzatmaganingiz uchun shunday fikrdadirsiz?!

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi



Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 3871 | Голосов:: 0| Теги:: Umidaxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Tarkan - Kiss Kiss  
. Serdar Ortac - Mesafe  
. Emrah - Buyuk Yalan  
. Ustasi Faranglar - Excuse Me  
. Bahrom Nazarov - Xato Qildim  
. Bojalar - Nargiz  
. Umar Shamsiyev - Nadur Bu Dunyo  
. Ali Otajonov - Oqibat  
. Ilhom Farmonov - Onajonginam  
. Jamshid Abduazimov - Do'st  
. Qilichbek Madaliyev - Yaxshilik  
. Abduvali Rajabov - Arazlamang  
. VIA Marokand - Million  .
. Asilbek Amanulloh - Ketsang Ketaver  
. Shoxruz (Abadiya) - Indama  
. Ilhom Farmonov - Unutmayman  
. Lola - Ketaver  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Ты Рядом  
. Ozoda Nursaidova - Holos  
. Bahriddin Zuhriddinov - Nigora  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus