Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Fermerlarga yer uchastkalari berilishi yangi tartibda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-son «Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 aprelda 1523-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda norma.uz xabar bergan.
Belgilanishicha, tuman hokimiga kelib tushgan yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi arizalar tuman fermerlari kengashiga yuboriladi. Tuman fermerlari kengashi 2 kun mobaynida arizalarni ko‘rib chiqadi va tegishli xulosa chiqaradi. Shundan so‘ng, xulosa arizalar bilan birgalikda yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasiga yuboriladi. Komissiya fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazib, tegishli qaror qabul qiladi va uni barcha hujjatlar bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashiga yuboradi. Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va uni tuman hokimiga taqdim etadi.
Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida 3 kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va 3 kun muddatda ushbu qarorni tasdiqlash uchun viloyat komissiyasiga yuboradi.
Ma’lumot uchun, ilgari fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tuman fermerlari kengashining xulosasi va xalq deputatlari tuman Kengashining qarori talab qilinmas edi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2585 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fermerlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное