Lola - Qaytmayman (Vide... Lola - Qaytmayman (Vide...
Munisa Rizayeva - Ketgi... Munisa Rizayeva - Ketgi...
Qilichbek Madaliyev - S... Qilichbek Madaliyev - S...
Kaniza feat. Elvin Mirz... Kaniza feat. Elvin Mirz...
Sharof Muqimov - Qora K... Sharof Muqimov - Qora K...
Ruhshona - Yurakkinam (... Ruhshona - Yurakkinam (...


Загрузка...
Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Alisher Uzoqov - Yonayoturman [soundtreck Tundan Tongacha 2]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ayol Qalbi - True Love
. Pazanda - Sad Love
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. TisMarHan-soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Feruza Jumaniyozova: «Turmush o‘rtog‘im bilan har bir kunim asal oyidek o‘tyapti!»


Bir paytlar o‘zining diltortar qo‘shiqlari bilan san’at olamida yulduz kabi porlagan qo‘shiqchi Feruza Jumaniyozovaning bugungi kamnamoligi ko‘pchilikda ham qiziqish, ham hayrat uyg‘otyapti. Biz buning sababini bilish maqsadida xonandani suhbatga chorladik.

— San’atga qaytganingizga ancha bo‘lsa-da, haliyam xit qo‘shiqlar yaratmadingiz, buning sababi nimada?
— Menimcha bunday emas. Masalan, «Voy-voy lazgi» qo‘shig‘im xit darajasiga ko‘tarildi, deb o‘ylayman. Chunki konsert va to‘ylarga borganimizda odamlar shu qo‘shiqni qayta-qayta so‘rashyapti.

Oxirgi yaratgan shu qo‘shig‘im xalqqa juda manzur bo‘ldi. Aslida, buning sababini ham Xudodan deb bilaman. Chunki Alloh istagani uchun san’at sohasida yuribmiz va ozmi-ko‘pmi yaratgan qo‘shiqlarimiz muxlislarga ma’qul kelyapti.

— Unda nega televidenie va radiolarda yangi qo‘shiqlaringiz aylanmayapti?
— Buning sabablaridan biri lisenziyamiz bekor bo‘lgan edi. Bunday paytda san’atkorlarning televidenie va radioda kliplari aylanishi mumkin emas. Shukrki, lisenziyamizni qaytadan oldik. Mana endi yangi kliplarimizni televidenie va radioda aylantiryapmiz hamda muxlislarimizning yana ko‘ngliga yo‘l topyapmiz.

— Mashhur paytlaringizdagi qarashlaringiz bilan hozirgisi o‘rtasida qanday farq bor? Nimalar o‘zgardi yoki nimalardan hafsalangiz pir bo‘ldi?
— U paytlar juda yosh edim. Hayotning past-balandini va odamlarning qandayligini yaxshi bilmasdim. Hozir ozmi-ko‘pmi bilaman, deb o‘ylayman. Shu o‘tgan vaqt oralig‘ida juda ko‘p narsalar o‘zgardi. Oldingi qarashlar bilan hozirgisi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor, desam ham bo‘ladi.

Hafsalam pir bo‘lgan tomonlari, doimo yonimda yurgan va o‘zini menga do‘st qilib ko‘rsatgan ba’zi bir insonlarning xiyonati hamda ikkiyuzlamachiligidir.

— Hech ichki olamingiz bilan suhbat qilganmisiz?
— Albatta, har bir insonning o‘z ichki olami bor va u ma’lum lahzalarda ana shu olam bilan o‘z-o‘zini imtihon qilib turadi. Bu holat, menimcha, ijod ahli uchun tabiiy hol bo‘lsa kerak. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, mening bitta kamchiligim bor. U ham bo‘lsa, o‘ta ishonuvchanman. Bu xarakterimdan juda ko‘p pand yesam-da, baribir, odamlarga ishonaveraman. Hammani o‘zimdek, deb bilaman va qachondir aldashi yoki xiyonat qilishi mumkinligini hatto tasavvurimga sig‘dirolmayman.

Yaqinlarim va do‘stlarim «Odamlarga ishonma», deya ko‘p bor ta’kidlashadi, ammo foydasi yo‘q. Ko‘pchilikning ana shu ishonuvchanligimdan foydalanishga harakat qilishidan xafa bo‘laman gohida.

— Feruza Jumaniyozova oldingi mashhurligiga qaytishi uchun nimalar qilishi kerak, deb o‘ylaysiz?
— Oldingi mashhurlikka qaytish… (o‘ylanib) Bilasizmi, u men uchun bosib o‘tilgan yo‘l. Endi ijodimda yangi bosqichga ko‘tarilishim kerak, ya’ni oldingidan ham balandroq o‘rinlarga chiqish payti keldi.

Albatta, oldingi mashhurlikning ham totli jihatlari ko‘p edi. Ammo o‘sha holatga qaytaman, deb urinish bu xuddi bitta qo‘shig‘i bilan tanilgan san’atkorning oradan o‘n yil o‘tsa-da, o‘zini eslatish uchun davralarda takror va takror shu qo‘shiqni kuylashiga o‘xshaydi. Axir ijodda yangilanish, yuksalish va ulg‘ayish bo‘lishi kerak.

Hozirgi maqsadim, endi jahon miqyosidagi qo‘shiqlar yaratish. Har bir san’atkor o‘zbek shou-biznesida nom qozongach, jahonga chiqishga intilishi kerak, deb o‘ylayman. Ayni kunlarda faqat o‘zbekcha emas, balki boshqa tillarda ham qo‘shiqlar yaratyapman.

— Ko‘pgina ayol san’atkorlar «Oilam uchun san’atdan voz kechishga tayyorman», degan gapni aytishadi. Sizningcha, san’at garovga qo‘yiladigan narsami? Umuman san’atdan voz kechish san’atkorning o‘ziga nechog‘lik bog‘liq?
— Albatta, oila muqaddas. Xoh san’atkor, xoh boshqa kasb egasi bo‘lsin, inson uchun oila birinchi o‘rinda turadi. Ammo agar, insonning san’atga bo‘lgan mehri va ishtiyoqi ona qornidanoq boshlangan bo‘lsa, uni hech narsa to‘xtatib qololmaydi. Chunki san’at uning qon tomirlarida, yuragining tub-tubida yashaydi. Aniqrog‘i, u san’at bilan yaxlit holatda bo‘ladi. Bunday bir butunlikni bir-biridan ajratish mumkinmi? Yoki odam o‘z-o‘zidan voz kechishi mumkinmi?

— Oilangiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz. Farzandlaringiz nechta bo‘ldi? Turmush o‘rtog‘ingiz ayni paytda sizni qo‘llab-quvvatlayaptimi?
— Hayotingga bir umr yo‘ldosh bo‘ladigan insonning seni tushunishi naqadar katta baxt. Mening bu borada omadim chopgan, deya baralla ayta olaman. Turmush o‘rtog‘im bilan yashagan har bir kunim xuddi asal oyidek o‘tyapti, desam ham bo‘ladi. Oilam bu mening eng osuda qo‘rg‘onim. Bitta o‘g‘lim bor, ismi Abdulloh. Bu yil maktabga chiqadi.

— Bilamizki, sizning san’atkor bo‘lishingizda onangiz katta jonbozlik ko‘rsatgan. Hozir ham u kishi sizni ruhlantirib turadilarmi?
— Albatta, onam mening ilhom manbaim, desam xato bo‘lmaydi. U kishidagi quvvat, ishtiyoq va san’atga bo‘lgan mehr menga o‘xshagan san’atkorlarning o‘ntasiga yetib-ortsa kerak. Onamning daldalari tufayli shu kunlarga erishdim va hamon harakatdaman.

— Shogirdlaringiz haqida ham to‘xtalsangiz…
— O‘zimni hali shogirdman, deb hisoblayman. Ammo endi san’atga kirib kelayotgan yoshlar oldimga maslahat so‘rab kelishsa, ularga o‘z tajribamdan kelib chiqqan holda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakat qilaman.

— Sir bo‘lmasa konsert berishni qachonga rejalashtirgansiz?
— Agar mana shu kunlarda yaratayotgan qo‘shiqlarimiz xalqqa manzur bo‘lsa albatta, konsert beramiz. Bu faqat rejagina emas, aksincha, shu kunlarda konsertning aniq loyihasi ham yaratilyapti.

— Hozir jonli ijroga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib boryapti. Sizningcha, bu san’atda saralanishni boshlab bera oladimi?
— Jonli ijroga bo‘lgan talabning kuchayayotganligidan judayam xursandman. Albatta, bu san’atda saralanishni boshlab beradi. O‘zim ham konsert va to‘ylarda ko‘proq jonli kuylayman.

— Jonli ijroda qancha vaqt kuylay olaman, deb o‘ylaysiz?
— Alloh qodir qilguncha. Hozir e’tibor bergan bo‘lsangiz Sherali Jo‘raev, Ortiq Otajonov, Bobomurod Hamdamov, Sultonposhsha O‘dayevalar doim jonli ijroda kuylashadi. Rahmatli Olmaxon Hayitova ham to umrlarining oxirigacha jonli ijroda kuyladi. Ularning ovoziga ovoz qo‘shilsa qo‘shildiki, aslo kam bo‘lgani yo‘q. Mana shu san’atkorlarning ijodini kuzatib, ovozdagi shira, joziba jonli aytgan sari sayqallanib borishiga guvoh bo‘ldim. Xudo xohlasa, men ham shu san’atkorlar singari jonli ijro yo‘lini tutaman, albatta.

— Ozarbayjoncha qo‘shiqlarni juda maromiga yetkazib aytgansiz. Shu kungacha nechta tilda qo‘shiq kuylagansiz?
— To‘qqizta tilda qo‘shiq kuylaganman. O‘zbek, turkman, ozarbayjon, eron, tojik, uyg‘ur, afg‘on, hind va turk tillarida.

— Ijtimoiy tarmoqlar orqali san’atkorlar gastrol uyushtirishyapti. Siz qachon viloyatlar bo‘ylab gastrolga chiqasiz?
— Hozircha gala konsertlarda ishtirok etib kelyapmiz. Gastrol Xudo xohlasa, «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konsertimizdan so‘ng boshlanadi, albatta.

— Tanqidni ko‘tara olasizmi?
— Agar tanqid to‘g‘ri va uning zamirida hech qanday shaxsiy g‘araz bo‘lmasa, ko‘tara olaman. Keyin bu tanqid kim tomonidan bo‘layotganligiga ham bog‘liq. Shu soha mutaxassisi bo‘lsa, uning gaplarini inobatga olaman. Agar shunchaki qandaydir fikr bildirish uchun aytilgan gap bo‘lsa, ahamiyat bermayman.

— Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur.

 

Manba: Hordiq.uz



Manba:zamin.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9830 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Feruza Jumaniyozova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Загрузка...

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shohjahon Jo'rayev feat. Feruza Normatova - Yog'ar Qor  
. Farrux Komilov - Osmonda Oyim  
. Sevara Nazarxon - Kunlar  
. Sevara Nazarxon - Meni Sev (2019)  
. Sevara Nazarxon - Iltijo  
. Sevara Nazarxon - Yurak  
. Sevara Nazarxon - Magar  
. Anivar - Падает Звезда.  
. Guf - На Балкон  
. Inna - Sin Ti  
. Yulduz Usmonova feat. Nilufar Usmonova - Yor Yor  
. Sevara Nazarxon - Dunyoingda  
. Aziz Rajabiy - Jim Jim  
. Sardor Rahimxon - Masjidga O'g'ri Bo'lib Kirgan Amir  
. Yulduz Usmonova - Men Seni Sevaman (Acoustic Version)  
. Shahzod Murodov - Yulduzim  
. Mustafo - Chorsu  
. Sherali Jo'rayev - Sensan Yorim  
. Ziyoda - Ashk  
. Farrux Xamrayev - Nega Ketgansan  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus