Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

FIFA reytingi: O‘zbekiston o‘rni jahonda o‘zgarmadi, Osiyoda bir pog‘ona pastladi


Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon reytingida 68-o‘rinda bormoqda. Noyabr oyi natijasi (68-o‘rin) bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni o‘zgarishsiz qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida bir o‘rin pastlab, hozirgi vaqtda qit’aning oltinchi jamoasi bo‘lib turibdi. Kuchli beshlikdan Eron (jahon reytingida 33-o‘rinda), Yaponiya (47), Janubiy Koreya (54), Avstraliya (58) va Iordaniya (65) joy olgan.

Qayd etish joiz, noyabr natijalariga ko‘ra Osiyoning birinchi raqamli jamoasiga aylangan Eron, so‘nggi bir oy ichida yana 12 o‘ringa yuqorilagan bo‘lsa, JCh-2014 saralash qit’alararo pley-off bahslarida Janubiy Amerika vakili Urugvayga qarshi to‘p surgan (0:5, 0:0) Iordaniya besh o‘ringa yuqorilab, O‘zbekistonni ortda qoldirdi.

MDH, Gruziya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (jahonda 18-o‘rinn), Rossiya (22), Armaniston (35)dan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni band etgan. Qosimov shogirdlarining Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidagi so‘nggi raqibi – BAA terma jamoasi esa jahon reytingida 71-o‘rinda bormoqda.

Milliy terma jamoalar umumiy reytingida amaldagi jahon chempioni – Ispaniya yetakchilik qilishda davom etmoqda. Germaniya, Argentina, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay, Italiya, Shveysariya, Gollandiya va Braziliya terma jamoalari, mos ravishda, kuchli o‘nlikdan joy olgan. To‘liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

 



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5409 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fifa, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное