Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʼlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi
Hukumat qarori bilan ichki ishlar organlari patrulь-post xizmati saf boʼlinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.2023 yil 1 yanvardan “E-patrulь” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʼlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Barcha maʼlumotlar elektron tekshiriladi va patrulь-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.
Xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni toʼxtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
   - shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos boʼlsa;
   - shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida maʼlumotga ega deb hisoblash mumkin boʼlsa;
   - shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar boʼlsa.
Xodim shaxsni toʼxtatganda uni toʼxtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʼlmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
  - uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni boʼlmaganda;
  - qidiruvda boʼlgan yoki bedarak yoʼqolgan shaxslar aniqlanganda;
  -  shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik koʼrsatganda;
  -  jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.


Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 831 | Рейтинг: 0| Рейтинг: borish, boʼlimiga, shaxsini, kechiladi, amaliyotidan, Fuqaroni, Voz, Uchun, ishlar, aniqlash, olib, ichki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное