Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Soundtrack
. Klon-soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Titanik-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Osiyo-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
Главная » Файлы »

G‘arbdagi foydalanuvchilar imiji yomonlashgan Facebook’dan chiqib ketmoqda. Lekin Afrikada ijtimoiy tarmoq internet vazifasini bajarmoqda

Rivojlangan mamlakatlarda Facebook bir qator axloqiy muammolar, xususan foydalanuvchilarni kuzatish, shaxsga doir ma’lumotlar savdosi, feyk xabarlar va tuhmatlar tarqatilishi va boshqalar sabab salbiy imijga ega. G‘arb auditoriyasi ayniqsa yoshlar ommaviy ravishda ijtimoiy tarmoqdan chiqib ketmoqda. Kompaniya mazkur muammodan xabardor: bu haqda AQSh kongressidagi ko‘rsatmalarida Facebook sobiq xodimasi Frensis Xaugen ham aytib o‘tgan va ichki hujjatlarni e’lon qilgandi. Facebook faoliyatini yuritish uchun anchayin qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan maydon izlamoqda — tamaki va tabak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korporatsiyalar ham bu kabi yo‘lni boshdan o‘tkazgan, ular eski savdo maydonlari bilan sudlashish, turli cheklovlar va chekishning salbiy oqibatlarga olib kelishidan xabardor xaridorlardan charchagach, yangi bozorlarni egallashga e’tibor qaratgandi. The Guardian nashri Facebook izlayotgan yangi bozor va ijtimoiy tarmoqning muammolarni qanday hal etayotgani haqida material chop etgan. Quyida ushbu ma’lumotlarning qisqacha sharhi bilan bo‘lishamiz.

 

Afrika – Facebook foydalanuvchilar uchun nafaqat ijtimoiy tarmoq balki deyarli internetga aylangan hudud. Bir nechta omillar bunga xizmat qilgan, avvalo qit’aning ko‘plab mamlakatlarida ilova Free Basics internet tarmog‘iga bepul ulanadi, Facebook bunga bir qator mahalliy provayderlar bilan hamkorlik vositasida erishgan.

Afrikada foydalanuvchilarning ko‘pchiligi eng arzon Android’larda mobil internet xizmatlaridan foydalanadi (uy xo‘jaliklarining 8 foiz qismida kompyuterlar mavjud), qurilmalar uchun video hamda suratlarsiz Facebook versiyasi ishlab chiqilgan. Free Basics bu — foydalanuvchi bir qator ommalashgan saytlar va ilovalarga SIM-kartada mablag‘ bo‘lmaganida ham kira oladigan dastur. Ayrim mamlakatlardagi o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Facebook foydalanuvchilari soni, internet foydalanuvchilarinikidan ham ko‘proq: ijtimoiy tarmoq rivojlanayotgan hududlarda ommalashgan, u butun boshli internetni almashtirmoqda, ko‘pchilik uning chegaralaridan chiqmayapti.

Amalda bu Facebook millionlab afrikaliklar uchun do‘stning layklar bosiladigan, shunchaki sayt yoki ilova emas; ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligi aynan mazkur ijtimoiy tarmoqqa bog‘langan. Masalan, kuchli siyosiy inqiroz hukmron bo‘lgan dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri Sudanning poytaxti Xartum aholisi Facebook’dagi yopiq guruhlarda nonvoyxonalarda non paydo bo‘lgani, qaysidir AYoQShga yonilg‘i olib kelingani va boshqa axborotlarni o‘zaro almashadi. Ular Facebook orqali qaysi hududda politsiya patruli paydo bo‘lgani va odam o‘g‘irlash yoki tovlamachilik, shilqimlikdan aziyat chekmaslik uchun bu yerdan qochish kerakligini bilishadi. Misr aholisi esa pandemiya davrida Facebook’dan oziq-ovqat xarid qilgan yoki vaksinani qayerdan olish mumkinligi haqida maslahatlashgan.

Facebook internetga bepul ulanish imkoniyatini qashshoq mamlakatlarga taqdim etib, yaxshi maqsadlarni o‘ylaganini qayd etgan. Facebook’ning xayriya maqsadlari tez-tez shubha ostiga olinadi. Misol uchun, Hindistonda 2016-yilda Free Basics dasturi tarmoq neytraliteti prinsipini buzgani uchun taqiqlangan. Chunki Facebook qaysi saytlar va servislarga kirishni ochish, qaysilarini esa cheklashni o‘zicha hal etgan.

2017-yilda Xalqaro НКО Global Voices tashkiloti Free Basics dasturining bir qator mamlakatlar, jumladan, Keniya hamda Ganadagi faoliyati o‘rganilgani bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Hisobot mualliflari Facebook’ning bunday usulda ishlashini “raqamli mustamlakachilik” deb atagan: dastur faqat g‘arbdagi inglizcha ilovalarga kirish yo‘lini ochib, mahalliy manbalarni inkor qiladi. Masalan, dasturdan BBC Afrika xizmatining ingliz tilidagi xabar va yangiliklarini o‘qish mumkin.

Facebook diktatura rejimi hukmronlik qilayotgan, omma oldida siyosatni tanqid qilganlarga keskin chora ko‘riladigan mamlakatlar uchun so‘z erkinligi va o‘z-o‘zini boshqarishda foyda keltiradi. Sudandagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng 2021-yil oktabrda hukumat internetni o‘chirib qo‘ydi, lekin aholi vakillarining ayrimlari Facebook orqali norozilik strimlarini olib borishni uddaladi. Biroq ijtimoiy tarmoqdan nafaqat ijtimoiy faollar, balki diktatura rejimi vakillari ham foydalanadi va o‘z mafkuraviy targ‘ibot ishlarini olib boradi.

Bundan tashqari Facebook’ga ingliz tilidan boshqa xorij tillaridagi kontenti moderatsiyasini rivojlantirish uchun resurslar yetmayapti. Bu ko‘pincha fojiaviy oqibatlarga olib kelmoqda — masalan, Efiopiyadagi fuqarolar urushi vaqtida Facebook’dan zo‘ravonlikni targ‘ib qilishda foydalanildi va kompaniyaning o‘zi ham buni bilardi. Facebook’ning Afrikadagi ofisi 2015-yilda ochilgan, ammo amxar tilini, Efiopiyada odamlarni urushda qatnashishga chaqiriqlar qilingan boshqa o‘nlab tillarni biladigan moderatorlar 2019-yilda ishga olingan. Hozirda Facebook’dagi Efiopiya kontentining moderatsiyasi bilan ishlaydigan jamoa a’zolarining soni 100 nafarga ham yetmaydi, ularning aholisi 110 million atrofida bo‘lgan mamlakatdagi kontentni to‘liq nazorat qilishi imkonsiz.

 



Категория:
Просмотров: 733 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное