Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Gʻazabni yengishning aqlli 6 usuli


Gʻazab, jahl qilish, asabiylashish... Bular insonni bir-biridan itaruvchi va tamomila yolg‘izlatib qo‘yuvchi sifatlardir. Ko‘pchiligimiz janjallashishni, tortishishni xush ko‘rmaymiz. Ammo ming afsuski, ularni butunlay chetlab o‘tishning imkoni yo‘q. Psixolog Emma Seppalaning aytishicha, yuqori intellekt ya’ni aql ziddiyatli vaziyatlardan qutqaradi va siz bunday holatlar bilan ko‘p to‘qnashmaysiz.

O‘zingizga quloq tuting va bo‘lib o‘tayotgan voqelikni tushunishga harakat qiling
Ichingizda g‘azab to‘lib-toshib ketganda ham, kutishga harakat qiling. Jahl chiqqanda, aql ketadi degan naql bejizga emas. G‘azabingiz biroz bosilgach vaziyat oydinlashadi. Insonning jahli chiqqan vaqtda uning bosh miyasi faqatgina mana shu vaqtda kuzatiluvchi hissiyotlarga javob beradi va u boshqa narsa haqida o‘ylay olmaydi. Aynan asabiylashgan vaqtda miyaning mantiqiy fikrlash qobiliyati tormozlanadi.

O‘z hissiyotlaringizni anglang
Nima his qilayotganingizni anglashga harakat qiling. Bu g‘azabmi yoki anglashilmovchilikmi? Ko‘pincha, qaysidir inson yoki holat sizni g‘azab domiga otayotgandek tuyuladi. Aslida esa, siz g‘azabni emas, og‘riq, xafagarchilik yoki rad etilish hissini tuyyapsiz. Ularni g‘azab bilan osongina adashtirib yuborish mumkin.
O‘z his-tuyg‘ularingizni farqlay olsangiz, bu haqida suhbatdoshingizga xabar qilsangiz, mavjud vaziyat yengillashadi.

Aybni birovga ag‘darmayapsizmi?
Ko‘ngilsizliklar uchun birovlarni aybdor qilmayapsizmi? Och qoldingizmi, charchadingizmi, nikohingizdan ko‘nglingiz to‘lmayaptimi? Bu kabi holatlarda aksariyat insonlar aybni o‘z yaqinlariga ag‘daradi. Bunday noto‘g‘ri yo‘l tutib, siz sevgan va sizni sevgan insonlarni o‘zingizdan uzoqlashtirib qo‘yasiz. Unutmang, kimnidir aybdor qilib yengil tortmaysiz!

Qiziquvchanligingizni “yoqing”
O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, salbiy hissiyotlar bizni faqat o‘zi haqida o‘ylaydigan odam qilib qo‘yadi. Inson o‘z hissiyotlariga mixlanib qolgan vaqtda o‘zini birovning o‘rniga qo‘yib ko‘ra olmaydi. Vaziyatni to‘g‘ri baholamaydi.
Shuning uchun bunday vaziyatlarda, qiziqqonligingizni ko‘rsata biling. Ziddiyatga kirishishdan avval o‘sha insonning nega bunday qilayotganligini so‘rang. Balki, u o‘zi bilmagan holatda sizga og‘riq berayotgandir? Uni aybdor deb atashdan avval, eshitishga, tushunishga harakat qiling.

Hamdardlik bildirish
Ziddiyatga kirishayotgan inson o‘rniga o‘zni qo‘yib ko‘rib, unga “nima uchun” degan savolni bera olish ham mahorat. Bu sizning o‘sha insonga sababini ayta olish imkoniyatini berganingiz bo‘ladi. Gʻazab otiga minganlarning ko‘pchiligi bu ishni qila olmaydi.
Oqibatda munosabatlar buzilmaydi, aksincha yana-da mustahkamlanadi.

To‘g‘ri muomala qilishni biling
Janjallashib qolgan insonga to‘g‘ri muomala qilishga harakat qiling. Buni o‘z hissiyotlaringizni aytishdan boshlang. Biroq bu bilangina chegaralanib qolmang. Uning fikrini bilishga, o‘rganishga va u bilan kelishishga urining. Shu orqali unga xavfsiz yechim taklif qilgan bo‘lasiz.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2195 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aqlli 6 usuli, Gʻazab, yengishning
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное