Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Gm-uzbekistan.com sayti GM Uzbekistanga aloqador emas...

“Gm-uzbekistan.com” nomi ostida GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar haqida ma’lumot beruvchi saytning aslida GM Uzbekistan va “O‘zavtosanoat”ga aloqasi yo‘q. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Gm-uzbekistan.com” sayti 2016-yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi, ularning o‘rnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallashi haqida xabar berdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning turli OAVlari ushbu saytga tayangan holda noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatishni boshladi.
Ammo “O‘zavtosanoat” axborot xizmati yuqoridagi ma’lumotlarni rad etdi va “Gm-uzbekistan.com” saytining GM Uzbekistan’ga ham, “O‘zavtosanoat”ga ham daxli yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bu kabi ishonchsiz xabarlar kompaniya imijiga zarar keltirishdan tashqari, iste’molchilarni chalg‘itayotgani ham ta’kidlandi.
Kompaniya o‘z korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi barcha aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni “O‘zavtosanoat” AKning axborot xizmati yoki rasmiy saytlar www.uzavtosanoat.uz vawww.chevrolet.uz orqali olish mumkinligini yana bir marta eslatib o‘tdi.
“O‘zavtosanoat” AKning axborot xizmatining telefon raqamlari: 267-74-84, 267-74-85.


Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4303 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное