Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Klon-soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Go‘zal O‘tbosarova turmush o‘rtog‘ining so‘nggi kunini yodga oldi

O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning rafiqasi Go‘zal O‘tbosarova Darakchi.uz saytiga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘ining so‘nggi kuni haqida gapirib berdi.
“Bayram kuni hamma qatori, Abdumo‘min O‘tbosarovning oila a’zolari ham Yangi yilga o‘zgacha taraddud ko‘rishayotgandi. Biroq... 31 dekabr tongida “Bayram dasturini yozishimiz kerak. Ishimni tugatib qaytaman va bayram dasturxoni atrofida Yangi yilni jumul-jam bo‘lib kutamiz”, deb ishga ketgandilar”, - dedi u.
“Sog‘ligidan doim xabardor edim, sira yuragi bezovta qilganini aytmagan, - so‘zida davom etdi ayol. – Shunday bo‘lganida ham albatta, bu haqda bilgan va darhol chorasini ko‘rgan bo‘lardim. Chunki biror muammo yuz bersa, birinchi bo‘lib menga aytar, men bilan maslahatlashardilar. Oramizda sir yo‘q edi. O‘sha kuni tongda ishga kuzatganimcha, u kishini qaytib ko‘rmadim... O‘sha kuni televideniedan qo‘ng‘iroq qilib, “Abdumo‘min akani tobi qochib qolgani bois stasionarga olib ketishdi. Lekin siz xavotir olmang, ahvoli og‘ir emas”, deyishdi. Stasionarga yetib borsam, u yer qabul qilmagani uchun Toshkent tibbiyot akademiyasining reanimatsiya bo‘limiga yotkizishgan ekan. O‘sha yerda jon berdilarmi yo avvalroqmi buni bilolmadim...” deydi suxandonning rafiqasi”.
Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarov yangi yilga o‘tar kechasi yurak xurujidan qazo qildi. Kun.uz ijodkorlari uning hamkasblari bilan videointervyu tayyorlab, o‘quvchilarga taqdim etgan edi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3042 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Go‘zal O‘tbosarova, Abdumo‘min O‘tbosarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное