Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Pazanda - Im Loving You
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Pazanda - Sad Love
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gollivudning eng omadli malla soch ayoli haqida 10 ta qiziqarli fakt

Quyidagi maqolamiz orqali barchaga yaxshi tanish bo‘lgan va ijrolari bilan ko‘pchilikning qalbini zabt eta olgan Gollivudning eng maftunkor aktrisalaridan biri Skarlett Yoxansson haqidagi ayrim qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havolat etamiz.

2016 yilda Skarlett yilning eng kassabop aktrisasi deb topilgan. Uning ishtirokida suratga olingan «Ilk qasoskor: qarama qarshilik» va «Yashasin Sezar!» filmlaridan 1,2 milliard dollar daromad olingan.
Bolaligidan u Patrik Sueyzini «Nopok Raqslar» filmida ijro etgan roli orqali sevib keladi.
Skarlettning uch nafar aka-ukasi va bir opasi bor. Uning egizak akasi Hunter bilan yaqin munosabatlari saqlanib qolgan. Ular tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biriga unchalik ham o‘xshash emas, lekin bolaligidan bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turishgan, ayniqsa ota-onalari ajrashganlarida.
Skarlettning opasi, Vanessa ham aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ammo bu sohada unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Ushbu sohadagi 20 yillik faoliyati davomida u faqat 8 filmda rol o‘ynadi. Asosan ikkinchi darajali va epizodik rollarda ko‘rinish bergan.
To‘liq metrajli filmdagi ilk rolini 9 yoshligida ijro qilgan.
Vaqti-vaqti bilan, kayfiyatga qarab, aktrisa o‘ziga tatuirovka chizdirib ham turadi. Uning 4ta tatuirovkasi bor: shafaq, omad keltiruvchi taqa, «Men Nyu-Yorkni yaxshi ko‘raman» so‘zi va «A» harfi yozilgan sirli belgi.
Skarlettning birinchi eri Rayan Reynolds edi. Ular 2008 yil sentabr oyida turmush qurishdi va ikki yildan so‘ng ajrashishdi. “Yulduzli juftlik uchun munosabatlarni rivojlantirish har doim qiyin. Vaqtingizni aniq tartibga solish kerak, ayniqsa ikkalangizning karerangiz o‘sayotgan paytda. Agar ulardan biri boshqasiga qaraganda muvaffaqiyatli bo‘lsa, unda vaziyat yanada murakkablashadi. Shunda siz o‘zaro munosabatlarga xalaqit beradigan raqobat hissidan qochib qutula olmaysiz «, – Skarlett voqeani shunday sharhlaydi. O‘sha yillarda uning aktyorlik karerasi sobiq erinikiga qaraganda ancha yaxshi rivojlanayotgan edi.    
2017 yil 2 mart kuni aktrisa ikkinchi marta ajralish uchun ariza berganini e’lon qildi. Bu safar fransuz jurnalisti Romen Doriak bilan. Birgalikda ular besh yil hayot kechirishdi va bir nafar qiz farzandli bo‘lishgan edi.
Aktrisaning Parijda bodiroq do‘koni bor. Ikkinchi turmushi chog‘ida u Fransiyada ko‘p vaqt istiqomat qildi va aynan o‘sha pallalarda sevimli shirinligi yo‘qligi unga yaxshigina sezildi. Shu bois u o‘zining makkajo‘xori kafesini ochdi. Ochilish paytida u peshtaxta ortida turardi. Aytish kerakki, tushunmovchiliklar ham bo‘ldi, fransuzlarni bodiroqga ham o‘rgatishdi. Ular bodiroqga g‘ayrioddiy ingredientlar qo‘shishdi: shalfey, parmesan va qaymoqli qulupnay.
Aktrisa xunuk ayol rolini ijro etishni juda ham istaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Skarlett «Ajdaho belgili qiz» filmi uchun kastingga tashrif buyurganida filmga istarali aktrisa olish istagida emasliklarini aytib uni rad etishgan.


Manba:hordiq.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11549 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gollivud, 10 ta qiziqarli fakt, malla soch ayoli, eng omadli, haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное