Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Google Finance: O‘zbek so‘mi qariyb 2 yilda 18 foizga qadrsizlandi

Google Finance keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina devalvatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatga aylandi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
“Devalvatsiya xaritasi”ga ko‘ra, ikki yildan kamroq vaqt ichida (2014-yil 1-yanvardan 2015-yil 24-avgustgacha) grivna 170 foizga qadrsizlangan. Keyingi o‘rinda 118 foizlik devalvatsiya bilan Rossiya rubli qayd etilgan.
Ushbu xaritada o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 18 foizga qadrsizlanganini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutalar kurslari arxiviga ko‘ra, 2014-yil 1-yanvarda 1 AQSh dollari 2202,2 so‘mni, 2015-yil 24-avgustda 1 AQSh dollari 2590,38 so‘mni tashkil qilgan (qadrsizlanish 17,6 foiz).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2015-yil 29-dekabrdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2809 so‘m 98 tiyin etib belgilandi.
Oldinroq O‘zbekiston so‘mi dollarga nisbatan qadrsizlanishi bo‘yicha MDHda 11-o‘rinni egallagani xabar qilingandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3242 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbek so‘mi, Google Finance, qadirsizlanish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное