Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Google yurak xastaliklariga qarshi kurash usullarini o'rganishga 50 mln dollar ajratadi

Amerikaning Google korporatsiyasining Google Life Sciences sho''ba kompaniyasi insonlardagi yurak qon-tomir xastaliklariga qarshi kurashning yangi va innovatsion usullarini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etadi. Bu haqda 8 noyabr kuni Orlando shahri (Florida shtati)da bo'lib o'tgan Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi (AKA) konferentsiyasida ma'lum qilindi.

Xabarlarga ko'ra, loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarni tashkil etadi. Bunda Google tashkilotga 25 million dollar sarmoya kiritsa, qolgan yarim mablag' bilan AKA moliyalashtiriladi. 
Google Life Sciences rahbari Endi Konradning konferentsiyada ma'lum qilishicha, sayyoramizda yurak xastaliklaridan boshqa sabablarga qaraganda ko'proq insonlar vafot etmoqda.

“Ushbu muammo uni innovatsiyalar yordamida hal etishga kirishishni taqozo qilmoqda”, - qayd etdi Konrad. Uning qo'shimcha qilishicha, hozirga qadar yurak kasalliklariga qarshi kurash usullarini o'rganish sohasida o'sish juda sekin kechayotgan edi. 
Konrad so'zlariga ko'ra, loyiha erta bosqichda bo'lgani sababli aniq tafsilotlarni aytishga hali vaqt bor. 2016 yil avvalida Google va AKA hamkorlikdagi muassasa rahbari kim bo'lishini ma'lum qilishadi.

Google Life Sciences kompaniyasiga 2015 yilning avgustida korporatsiyaning biotibbiyot bo'linmasi bazasida asos solingan. Kompaniya turli kasalliklardan aziyat chekayotgan insonlarning muammolarini hal etishga yo'naltirilgan tibbiy-texnik tadqiqotlar va ishlanmalar ustida izlanishlar olib boradi. Jumladan, u qandli diabetga chalingan insonlar uchun ular ko'z yoshlaridagi glyukoza darajasini muntazam ravishda o'lchash uchun maxsus datchik bilan ta'minlangan maxsus kontakt linzalarini ishlab chiqishga mas'ul hisoblanadi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2086 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Google yurak xastaliklariga qarshi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное