Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Gullar iztirobi” – gul nomi bilan ma’naviyatni qonga belayotgan tikan

Avtobusdagi ikki ayolning suhbati menga bemalol eshitilib turardi. Dugonalar berilib, “Zo`r” TV kanali orqali namoyish etilayotgan “Gullar iztirobi” serialini muhokama qilardi.

— Gulfem otasining qabrini ochtirdi, DNK tekshiruvini o‘tkazdi. Sir ochildi. U juda iztirobda. Bu ham yetmagandek, Gulruning homilasi tushib qoldi, endi uni Umar bilan orasi buziladiyov, — deydi (labini tishlab) to‘ladan kelgan ayol yonidagi hamrohiga...

Tomoshbinlar orasida turk seriallarining muxlislari talaygina. Kimdan so‘ramang, bu seriallarning voqealarini, qahramonlarining ismini yoddan aytib bera oladi. Oramizda hatto sevimli qahramonlarining taqdiri uchun ko‘z yosh to‘kadiganlari ham topiladi. To‘g‘ri, turk kinoijodkorlari bu sohada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular tomonidan taqdim etilayotgan kino va seriallar ichida tarixiy, qadriyat va urf-odatlarini namoyish etadiganlari ham bor. Ular tahsinga loyiq albatta. Lekin... Ayni paytda efir yuzini ko‘rayotgan “zamonaviy” turk seriallarining xalqimizga, mintelitetimizga qanchalik mos keladi?! Hozir shu haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Singlim “Zo`r” TV kanali orqali namoyish etilayotgan “Gullar iztirobi” serialini doim tomosha qilib boradi. Yoshi o‘n beshda. Har gal men unga: — Bu serialni ko‘rib nima qilasan, undan ko‘ra darsingni qil, chet tillarini o‘rgan, — deyman. U bo‘lsa, faqatgina shu serial bilan cheklanishini takrorlab charchamaydi. Mazkur serial uning yoshiga to‘g‘ri kelmasligini xarchand tushuntirmay, foydasi yo‘q. Bilganidan qolmaydi. Bu ham yetmagandek, maktabda dugonalari o‘rtasidagi asosiy mavzu ham shu serial voqealari bo‘larkan...

Esingizda bo‘lsa, bundan avval “Zo`r TV” kanali orqali “Sevgi iztirobi” seriali namoyish etilardi. Serialning axloqiy jihatlari anchagina muhokamalarga sabab bo‘lgan. Hatto, Hukumat darajasida muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berib, “Sevgi iztirobini” qattiq tanqid qilgan edi.

Shu voqealardan so‘ng, serial to‘xtatildi. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay avvalgisining o‘rnini bosuvchi “Gullar iztirobi” seriali namoyish etila boshladi...

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, “Sevgi iztirobi”, “Gullar iztirobi” kabi seriallarda ilgari surilgan g‘oyalar Turkiyada ham tanqidlarga sabab bo‘lgan. Bu seriallar turk xalqi ma’naviyati, urf-odatlari, madaniyati va tarbiyasini o‘zida aks ettirmaydi. Aksincha, turklarning o‘zi ham bunday seriallarga qarshilik ko‘rsatadi. Ulardagi ahloqiy jihatlar, millatning turmush tarziga zid ekanligi aytiladi. Shunday ekan, nega endi biz ana shunday sifatsiz mahsulatlarni milliy telekanallarimizda namoyish etishimiz kerak? Ularda ham yaxshi seriallar bor-ku! Bunday seriallarni efirga uzatishga loyiq deb bilayotgan mahurrirlar va telekanal rahbariyatining oilasi, farzandlari, qizlari bormi?

Endi bir o‘ylab ko‘raylik, bir uyda yashab turib, turmush o‘rtog‘ining opasini eri bilan ishq o‘yinini o‘ynash, u bilan “ko‘ngilxushlik” qilish, boshqa insondan homilador bo‘la turib, eri bilan yashash, qizlarning turmushga chiqmasdan nomussiz bo‘lishi, o‘z joniga va boshqalar joniga suiqasd qilish, eski sevgilisini tez unutib yangisini topish – buning nimasi “Gullar iztirobi”? O‘zimiz bilib-bilmay, anglab-anglamay, ularning ana shunday qarorlarini qo‘llab-quvvatlab, firklarini ma’qullayapmiz. Serial sharqona ibo-hayo tushunchalariga mutlaqo zid. Ulardagi yevropacha hayot, kiyinish uslubi o‘zbeklarga yot. Undagi voqealarni kuzatar ekansiz, sevgi singari ulug‘ tuyg‘uning naqadar o‘tkinchi, inson hayoti shunchalik qadrsiz ekanligini anglay borasiz. Biz shunga o‘xshash seriallar bilan xalqimiz, yoshlarimiz ongiga nimani singdiryapmiz? Parda ortidagi yashirin maqsadlar kun kelib afsus-nadomatlarga sabab bo‘lmaydimi?

Muqaddas dinimizda oilani buzish eng katta gunoh sanaladi! Har qanday sabab bo‘lmasin, hiyonat hech qachon oqlanmagan.

Bu kabi seriallarni oila davrasida ko‘rib bo‘lmaydi. Efir vaqti esa oila a’zolarining bir dasturxon oldida o‘tirgan vaqtiga to‘g‘ri kelishiga nima deysiz? Televizor qarshisizda biz bilan yonma-yn o‘tirgan farzandlarimiz bu seriallarni ko‘rib qanday tarbiya oladi...

Shu o‘rinda aytish joizki, yoshlarning ma’naviyat chegaralari bunday ahloqsizliklarga bardosh bera oladigan darajada emas. Xalqimiz juda ta’sirchanki, serial voqeallariga shunchalik berilganidan, farzandiga serial qahramonlarning ismini qo‘yadi, ularga o‘xshab kiyinadi, o‘shalardek yashashga intiladi. Misol uchun: avvallari teleekranlarimizda Meksika va Braziliyaning “Esmeralda”, “Yolg‘on asirasi”, “Gvadalupe” kabi seriallari namoyish etilardi. Keyinchalik ular o‘rnini hind kino ijodkorlarining “Senga oshiqman”, “Kelin”, “Qalbim o‘g‘risi” seriallari egalladi. Ulardagi behayo lavhalar tomoshabinlarga anchayin jiddiy ta’sir etib, film qahramonlariga taqlidlar urfga kirganini inkor etib bo‘lmaydi. Bunga har birimiz guvohmiz. Endi ana shunday seriallar o‘rnini turk kanallarida ham namoyish etishga noloyiq deb topilgan seriallari egalladi.

Xalqimizda azaldan yigit-qizlar bir-biriga sevaman deb dil izhori qilmagan, qo‘l ushlashib bog‘larda yurmagan, pana joylarda... bularning hammasiga ana shu seriallarning ta’siri yo‘q, deb kim ayta oladi? Bu yengil-elpi hayot tarzi turmushimizga singib ketsa, buni to‘g‘rilash uchun yillar, balki asrlar ham yetmasligi mumkin.

Yon qo‘shnim yaqinda farzandli bo‘ladigan. “Yaxshi” niyat bilan: — Qiz tug‘sam ismini Gulru qo‘yaman, — deydi. Mana, sizga serialning ta’siri. Kelajakda u qanday inson bo‘lib ulg‘ayadi. — Nega meni ismimnini bunday qo‘ygansiz, — desa, ahloqsiz bir qizning taqdirini so‘zlab berasizmi? Yoki qizingizning ham shu qizdan ibrat olishini xohlaysizmi?

Biz mafkuraviy zarbaning og‘rig‘ini chekkan xalqmiz. 70 yildan ortiq hukmronlik qilgan sovet tuzumi sabab tilimizdan ayrildik. Qanchadan-qancha tarixiy boyliklarimizni boy berdik. Ota-bobolarimiz nomini unutdik, dindan uzoq, diyonatdan yiroq bo‘ldik. Harom-halolni ajratolmadik. Eng yomoni o‘zligimizni boy berdik. Bugun dunyoning har tarafidan ommaviy madaniyat niqobi ostida klipu kinolari, seriallar orqali kirib kelayotgan g‘oyalar xalqimizni endigina qo‘lga kiritib, bolalariga singdirayotgan milliy mafkurasiga bolta urmaydimi? Kelajakka soya solmaydimi? “Gullar iztirobi” gul nomi bilan hayotimizga tikan tashlamasa bo‘lgani.

Zarnigor Abdumalikova



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11616 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gullar Iztirobi, gul nomi, Serial
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
аватар отсутствует Hm tugri aytasiz umuman bumagur kinolar ikkalsi ham madaniyat ,manaviyati yuq kinolar .masalan istanbulu gelin bor u yaxshi kino masalan kinolari bor oilaviy kinolarinj quyishsjn ushalari yaxshi kinolar. İloji bulsa shu kinoni umuman ekranlardan olib tashlasin
Like | 0
Dilmurod пишет: | 30.11.2018 | 17:09 ( E-mail ) #4 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Mahina siz ham oldin adabiy tilda yozishni o'rganing singlim, opa yoki xola kim bo'lsangiz ham. Nimasi bu shevada yozish urfga kiryaptimi
Like | 0
sadaxam_99 Ozi asosiy mavzi wu bop qoldi qaysi kini tomowabinlar tomondan yaxwi kutip olinsa darxoll tanqidga olinadi voy yowlar kinoga taqlid qip ketdi dip xar kimni aqli uzi bilan bu wuncaki kino bundan foji yasaw wartmas bundan 5 battar kinollarni qoygandi masalan klon klara meksikani kinolari uwa paytda bu gaplar qayda edi
Like | 0
Fazliddin Яна битта ахмок бола 8oI
Like | 0
аватар отсутствует Eh odamlani dunyoqarawi 1ta serial tufayli ozgarib qolmidi Xalqimiza azaldan yigit bilan qiz bir-biriga sevgi izhor qolmidi didigan Bose Iltimos botanika bog'iga borin Milliy bog'iga borin hich qanaqa kino Yoki korsatuv ota onasi bergan tarbiyani buza olmiydi ota onasi qanday tarbiya bersa wu tarbiya boyicha boladi hech qanaqa manaviy korsatuv tarbiyani togrlomidi dib oyliman chunki yurtmzda bovotkanda ozbeklani chef Elsa qivotgan iwlariga bir boqila yana ozila bilasila
Like | 0
Fazliddin Санга ухшаган ахмок кизларга минг гапирган билан фойдаси йук 8oI
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное