Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulsanam kimligini yana bir bor ko‘rsatdi... 16 nafar bola undan minnatdor!


O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova nafaqat qo‘shiqlari, balki shaxsiy hayoti, oilasi, tarbiyasi va ma’rifati bilan ko‘plarga o‘rnak bo‘lsa arziydigan, bugungi zamon yoshlarini ma’naviyat o‘chog‘i tomon boshlay oladigan, bir so‘z bilan aytganda, saviyali xonanda. Bu uning qo‘shiqlarida, xatti-harakatlarida, gap-so‘zida o‘z ifodasini topgan.

Ahmedov–Mamazoitovalar oilasi kecha, 7 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” restoranida elga oldiga dasturxon yozdi. O‘zbekiston san’atining taniqli yulduzlari sozanda va prodyuser Sanjar Ahmedov hamda Gulsanam Mamazoitovaning ikkinchi farzandi bo‘lmish Abdug‘afforning “o‘g‘il to‘yi”ga yig‘ilishdi.

E’tiborli jihati shundaki, kecha o‘tkazilgan tadbirda nafaqat Sanjar va Gulsanamning farzandi Abdug‘afforga, balki mehribonlik uyining 16 nafar tarbiyalanuvchisiga ham “o‘g‘il to‘yi” qilib berildi.

To‘y bolalar va ularning tarbiyachilar uchun ajratilgan dasturxon, sovg‘a-salomlar, eng taniqli xonandalarning qo‘shiqlari bilan “o‘g‘il to‘yi” yanada fayzga kirdi. Sanjar va Gulsanamning ushbu xayrli ishi boshqa san’atkorlarga ham o‘rnak bo‘lsa, ajab emas.

Ko‘plab taniqli xonandalar bunday savobli ishga qo‘l ursa, birinchi bo‘lib OAVga xabar beradi. Keltirgan foydasini butun dunyoga ovoza bo‘lishini istaydi. Sanjar va Gulsanam bundan mustasno bo‘ldilar. To‘ygacha, to‘ydan keyin ham bu saxovatpeshalikni ovoza bo‘lishini istamadilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa to‘yga borgan san’atkorlar Sanjar va Gulsanamni, ta’bir joiz bo‘lsa, og‘zidan bol tomib maqtamoqda. Darvoqe, to‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘raev, Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mavluda Asalxo‘jayeva, Tojibar Azizova, Lola Ahmedova, Yulduz Turdiyev, Ziyoda Qobilova, xonandalar Guli Asalxo‘jayeva, Nargiz, A’lo Rahimova, Malika Egamberdiyev, Madina Mumtoz, Dilso‘z, Umidaxon, Mashhurbek Raimjonov, Ravshan Namozov, Otabek Muhammadzohid, Gulasal Abdullayeva mehmon bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, Sanjar Ahmedov va Gulsanam Mamazoitovaning turmush qurganlariga bu yil 10 yil to‘ldi. Ularning Mohijahonbegim ismli qizlari ham bor.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6671 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gulsanam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное