Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Gumrohlar”ni ko‘rdingizmi?

O‘zbek filmlarining badiiy saviyasi, tarbiyaviy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi bilan keyingi paytlarda kino taqdimotlarda ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda.


 Bu borada, misol qilib kinorejissyor Hilol Nasimovning “Gumrohlar” filmini olish mumkin. Filmda bugungi kunning global muammolaridan bo‘lgan odam  savdosi, yurtga xiyonat, dinni niqob qilib, insonlar ongini zaharlayotgan turli kimsalarning   nojo‘ya xatti-harakatlar ta’sirli sahnalarda ifoda etiladi.

Film andijonlik ishbilarmon yigit Ollayorjon va unga o‘xshagan turli taqdirlar atrofida voqealarning tus olishi tomoshabinga ta’sirli namoyish etiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston fuqarolarining Amerika, Turkiya singari davlatlarda yurt sog‘inchi bilan yashayotganlari, o‘zga yurtlarda orttirgan boyligi, mansabi ular uchun o‘z kindik qoni to‘kilgan maskanga teng bo‘lolmasligi yaqqol o‘z aksini topgan.

 Aktyorlar jamoasi yaxshi tanlangan. Bu ham filmning bir yutug‘ini ta’minlagan. Samandar Hamroqulovning qahramoni Ollayor oilasida sodir bo‘lgan arzimagan ishga irodasi bo‘shligi oqibatida onasi va oilasidan yuz o‘giradi. Nuriya ismli sohibjamol  qiz bilan ish yuzasidan  hamkorlik qiladi.

“Hamkorlikdagi ishimizga Turkiyadagi amakim sarmoya tikmoqchi”-deya, bahona qilgan Nuriya Ollayorni xorijga  olib ketadi. Insonning tashqi ko‘rinish aldamchi deb to‘g‘ri aytishadi. Nuriya chiroyli ammo o‘ziga yarasha fe’l-atvorga ega, tutgan joyini kesadigan, o‘z foydasi yo‘lida hech narsaldan tap tortmaydigan,  yolg‘onni suvdek icha oladigan ikkiyuzlamachi, xudbin ayol. Chorasizligidan Ollayor unga majburan uylanadi, uning yo‘rig‘iga yurib, turfa fe’l-atvorga ega insonlarning nog‘orasiga o‘ynashga majbur bo‘ladi.

Undan tashqari filmda Xayrulla Sa’diev, Erkin Komilov, Baxtiyor Qosimov, Mirza Azizov va boshqalarning ijrosi  har bir tomoshabinning qalbini larzaga soladi.

Film tomoshabinni atrofdagi “ba’zi” insonlardan ehtiyot bo‘lishlarini, bilib-bilmay qaror qabul qilmasliklariga, do‘stni dushmandan ajratish, yonimizda hatto atrofimizda salbiy niyatli kimsalar borligini unutmasligimizni uqtiradi. Ayniqsa yoshlarni turli oqimlarga kirib ketmasliklari uchun hayotiy misollar asosida yaratilgan film ekani yana bir karra o‘z aksini ko‘rsatadi. Inson umrini bir kunini ham foydali ishlarga sarflashini uqtiradi.

Hilol Nasimov oldigan qo‘ygan maqsadi shu haqida, u insonlarni  xushyorlik va ogohlikka chorlashi bilan birga bir-birlarini qadriga yetishlarini, yurtini ko‘z qorachig‘idek asrashlarini, turli oqimlardan xushyor bo‘lishlarini,  ota-ona, oilasini qadriga yetishlarini ekranda namoyish etib  ta’sirchanligini oshirgani maqsadga muvofiq. Rejissyor Hilol Nasimov ijodi doim muxlis va tomoshabinlar e’tiborida ekan biz doim u ijodkordan mavzu va g‘oya jihatidan saviyasi kuchli filmlar kutamiz. Ijodkorga faqat omad.

Matluba Isoqova,

 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi

EHTIYoT BO‘LING, “SOTQIN”!

          O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘zining mehmondo‘stligi,  mehr-oqibati, or-nomusi kuchliligi bilan  boshqa xalqlardan  ajralib  turagan.   Ammo  xalqimizda  xiyonat, olchoqlik, sotqindlik kabi illatlar hech qachon kechirilmaydi.



Bugungi  kunning dolzarb muammolari sanalgan   terrorizm,  diniy  aqidaparastlik,   giyohvandliklar  kabi  muammolarni   rejissyor  Rustam  Sa’diev  o‘zining  “Sotqin”  filmida mohirona aks ettira olgan.  Rejissyorning  ushbu  filmdagi  yutug‘i  professional  jamoani  yig‘a  olganlida.  Film  uchun  kinossenariyni  professional  dramatrug Rixsivoy  Muhammadjonov  yozgani uning asosiy muvaffaqiyatini ta’minlagan.   Mazkur  film  nafaqat  global  muammolar  balki  yoshlar  o‘rtasidagi  munosabatlar, muhabbat va sadoqat mavzularani ham o‘zida mujassam etgan.



            Filmda  2005  yili  Andijonda  bo‘lib  o‘tgan  noxush voqealar  juda  aniq va  ishonarli  tarzda  ochib berilgan.  Aktyorlar  o‘z  qaxramonlarini   mahorat  ila talqin etishgan. Jumladan,  aktyor  Javohir  Zokirov  ushbu filmda  o‘zining  yangi qirralarini     namoyon  qilgan.  Filmdagi  Ubaydulla  Omon talqinidagi  Hafizulla  Omon  obrazi  ham  taqsinga  sazovor.  Shaxsiy   manfaati  yo‘lida dinni  niqob  qilib,  yoshlarni   turli mudhish yo‘shllarga boshlayotgan bunday kimsalarning asl qiyofasini shu tarzda fosh etish lozim.  Bulardan  tashqari  filmda  O‘zbekiston  hizmat  ko‘rsatgan  artistlar  Matyoqub  Matchonov, Sayyora  Yunusova, Tohir Saidov, aktyorlar  Farruh  Soipov,  Ulug‘bek  Qodirov, Rayhon  Ulasenova, Yulduz  Rajabova  kabi  yoshlar  ham  o‘zlarining  qahramonlarini  mahorat  ila  ijro  etishgan. 

 
Moxina Isroilova,
                                               O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institui o‘qituvchisi


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5778 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Gumrohlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное