Haftada 6 kun ishlaydigan va o‘qiydiganlar uchun 7 dekabr dam olish kuni (mi?)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 5 dekabr shanba - dam olish kunini 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga ko‘chirilib, 2015 yil 5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi.
2015 yil 7 dekabr dushanba kuni olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni emas. Ularning 2015 yil dekabr oyi uchun belgilangan ish me’yori o‘zgarishsiz qoladi.
Shuningdek, Mehnat vazirligi ta’lim muassasalari, xususan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun dushanba — 7 dekabr kuni dam olish kuni emasligini, o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda o‘tkazilishini ma’lum qildi.