Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Haftaning boshida qanday ob-havo hukmronlik qiladi?


Qish fasli qor bilan boshlangani Toshkent ahlini biroz hayratga solgani shubhasiz. Odatda dekabrning birinchi kunida quyosh charaqlashiga o‘rganib qolgandik. Kutilmaganda haroratning tushib ketganligi biroz tushkunlikka solgan bo‘lsada, hamma joyni oppoq qor qoplagani dillarni quvontirgani aniq.

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 4 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘lab havo o‘zgarib turadi. Arim hududlarda qor yog‘adi.

Toshkent shahrida harorat kunduzi 2 darajagacha, kechasi esa 7-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 4 darajagacha, kechasi 10 darajagacha sovub ketadi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham qor yog‘adi. Harorat kunduzi 2 darajagacha, kechasi esa 10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi esa -3...+2 daraja bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 2 darajagacha, kechasi 10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3337 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное