Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - All I want
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Haftaning ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi?


O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 30 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +16 ... +18 daraja, kunduzi +28 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +14 ... +19 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Termizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +30 ... +35, Termizda kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +15 ... +20, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2020 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное