Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Hajga borish tartibi o‘zgardi


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-son qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Hajga bormoqchi bo‘lgan fuqaro oldin «Haj»ga bormagan bo‘lishi lozim (oldingi talab so‘nggi 5 yil mobaynida «Haj»ga bormagan bo‘lishi kerak edi).

Bundan tashqari, mahallalarda Hajga borishga nomzodlarni saralab olish uchun ishchi guruhlar tuziladi.

Hajga borishga navbatga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining binolarida e’lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Ishchi guruhlar nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikri va e’tirozlarini 5 kun muddatda tekshirishi lozim bo‘ladi.



Manba:kun.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 5190 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tartibi o‘zgardi, Hajga borish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное