Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Hamkasblarga munosabatingiz karerangizni belgilaydi(mi)?!


Yaxshi lavozimda ishlash nafaqat bilim, tajriba, muomalayu munosabatni ham talab etadi. Quyidagi kichik test sizning ishga va jamoadoshlaringizga nisbatan munosabatingizning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi.

1. Inson tanlagan kasbi ortidan...

A. Albatta, moddiy manfaatga erishishi darkor.

B. Obro‘-e’tibor qozonishi kerak.

V. Bu hammaning o‘z istagi va harakatiga bog‘liq.

2. Sayohat yoki safarga chiqdingiz. Ancha oldin kelgan joyingizda yo‘nalishni oson belgilay olasizmi?

A. «Yo‘q, o‘zimcha harakatlanishga qo‘rqaman».

B. «Ha, agar bu joylar menga yoqsa».

V. «Albatta, chunki juda ziyrakman».

3. Siz uchun ahamiyatli bo‘lgan suhbatdan keyin darhol nimalar haqida gapirilganini eslab, tahlil qilishga tushasizmi?

A. Darrov eslashingiz qiyin.

B. Ayni paytda sizni qiziqtirgan gap-so‘zlarnigina yodda tutib qolasiz.

V. Ha, hech qanday qiyinchiliksiz.

4. Xorijiy tilda talaffuz qilingan, sizga notanish bo‘lgan so‘zni xatosiz takrorlay olasizmi?

A. «Ha, agar so‘zlovchi to‘g‘ri talaffuz qilgan bo‘lsa».

B. «Biroz adashishim mumkin».

V. «Albatta, chunki diqqat bilan eshitaman».

5. Ish jarayonida bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa...

A. «Har ehtimolga qarshi ish joyimda bo‘lib turaman».

B. «Har doim har xil, nima bilan shug‘ullanishimning menga uncha farqi yo‘q».

V. «Iloji boricha boshqalarga xalaqit qilmayman va o‘z xayollarim bilan band bo‘laman».

6. Boshlagan ishingizni qay holatda tugatasiz?

A. «Natija juda olamshumul bo‘lishini kutib o‘tirmayman, salgina ko‘nglim to‘lsa bo‘ldi-da».

B. «Bu ish bilan shug‘ullanish jonimga tekkanida».

V. «Qachonki qilayotgan ishim kutilgan natijani bersa».

7. Jamoaviy tadbirlarda...

A. Unchalik xushlamaysiz, odatda rahbariyatning himmatidan mosuvo qolmaslik uchungina qatnashasiz.

B. O‘zingizni ko‘rsatishga harakat qilasiz.

V. Hamkasblaringiz bilan dildan yayrab zavqlanasiz.

8. Ish jarayonida ilgari surgan fikringizni o‘zgartirishingiz mumkinmi?

A. «Juda noiloj qolgan taqdirimda, o‘zgartirishga majbur bo‘laman».

B. «Aslo, har qanday vaziyatda ham o‘z fikrimda sobit turaman».

V. «Agar hamkabslarim aniq dalillar keltirishsa va ular haq bo‘lishsa, fikrimdan qaytaman».

9. Hamkasblaringiz bilan xizmat doirasidan tashqarida ham yaqinmisiz?

A. «Yo‘q, ish bu — ish. Unga shaxsiy munosabatlarni aralashtirmaslik kerak».

B. «Deyarli ishdan tashqarida ular bilan munosabat qilmayman».

V. «Albatta, oilaviy yig‘inlarda ham bordi-keldimiz bor, hatto».

Ballarni hisoblaymiz!

«A» — 3 ball; «B» — 0 ball; «V» — 6 ball.

Natija

0–24 ball. Atrofingizdagilar siz haqingizda qanday fikrdaligini xayolingizga ham keltirmaysiz. Kim bilan ishlayapsiz, undan nimalar o‘rganish mumkin — qiziqmaysiz. Topshirilgan vazafalarning uddasidan chiqasiz-u, lekin o‘zingiz tashabbus ko‘rsatib, biror yangi loyihaga qo‘l urmaysiz. Shioiringiz — «Bo‘ynimga qancha kam majburiyat olsam, shuncha yaxshi!» Hamkasblar bilan munosabatlarni qalinlashtirishdan nima naf deb o‘ylaysiz. Rahbariyat sizni yaxshi xodim sanaydi, biroq bebaho emas. Jamoadoshlar ham sizga ishonqiramay qarashadi. Kezi kelganida ularni qo‘llashingizga ko‘zlari yetmaydi-da. O‘z qobig‘ingizga o‘ralib olmang. Ishga faqat pul topish manbai sifatida qarashda davom etaversangiz, lavozimingiz ham oshmaydi, o‘z-o‘zidan maoshingiz ham. Faoliyatingiz bilan bog‘liq maqsadlar va o‘zaro munosabatlarni tahlil qilib, zarurat bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiriting.

25–38 ball. Shaxsiy munosabatlar va ish borasida qat’iy chegara qo‘ygansiz. Bu bir tomondan yaxshi. Ammo ba’zida shu sabab jamoaga qo‘shilib ketishga qiynalasiz. O‘zingizni tanitib, hamkabslar bilan dildan suhbatlashib turing. Vaziyatlarga moslasha olishingiz biroz qiyin. Boshqalarga qayishni-ku gohida istamaysiz. Lekin unutmang, har doim bitimga erishish mumkin. Qachonki, hamkasblaringiz bilan munosabatlaringizni iliqlashtirasiz, shunda karerangizda ham o‘sish bo‘ladi. Yodda tuting, rahbariyat asosan kirishimli, hamma bilan til topisha oladiganlarga yuqori lavozimlarni munosib ko‘rishadi.

39–54 ball. Juda kirishimli, ochiq insonsiz. Siz bilan tez do‘stlashib ketish mumkin. Qachon gapirib, qachon jim turishni bilasiz. Bu karera qilaman degan kishi uchun juda yaxshi sifat. Atrofingizdagilarning sizni hurmat qilishi, rahbariyat qadrlashi ham shu xususiyatingizning karomati. Sizga bitta maslahat, ishda chegarani unutib qo‘ymang.

MUXLISA tayyorladi.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 2519 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karera, belgilaydi, Hamkasblarga munosabatingiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное