Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Har kuni o‘lib-tirilgandan ko‘ra o‘sha kuni bir marta o‘lishga rozi edim” — pichoqlab o‘ldirilgan sportchi Kamoliddin Rasulovning bevasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida qashqadaryolik sportchi, sambo bo‘yicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov o‘limida ayblanayotgan fuqaro ishi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Sudda so‘z olgan marhumning turmush o‘rtog‘i Gulnoza Xolmurodova eri vahshiylarcha, ko‘z oldida pichoqlanganini aytib, imkoni bo‘lganda eri uchun qalqon bo‘lishga ham tayyorligini bildirdi.

Kamoliddin akam bilan atigi ikki oy yashadim. Ammo u inson menga yuz yillik baxtni berib ketdi. Men baxtli edim. Baxtimni baxt neligini his qilib ham ko‘rmagan inson mendan tortib oldi. Ha, bugun shu vahshiyning onasi ham yig‘layapti. Bilasizmi, u nima deb yig‘layapti, ayoliga baxt berolgan, uni baxtli qilolgan, hayotidagi ayollarni — xoh u onasi bo‘lsin, xoh opasi — singlisi yoki yori, ayolga hurmati cheksiz, yaqinlarining bir umr yodida qolajak inson o‘lganidan ko‘ra, o‘zing o‘lsang bo‘lmasmidi deyapti. Ishoning, u shunday deyapti.

Onajon, (ayblanuvchining onasiga murojaat qildi) bugun o‘g‘lingiz nafaqat mening, balki oila-a’zolarimning baxtini, quvonchini yerga ko‘mdi. Endi men qancha yig‘lamay, qancha kuyinmay suygan insonim tirilib kelmaydi. O‘sha kuni men erkak kishilar muloqotiga aralashmay, ayol sifatida ularning suhbatiga tikilib turmay, degan maqsadda bir necha soniyalarga telefonimga chalg‘idim. Bilsaydim, pichoq urilishini, bilsaydim o‘ldirilishini o‘zim qalqon bo‘lardim.  Bu qora niyatli kimsa mening baxtimga chang solishini bilsaydim, o‘zim o‘limimga rozi bo‘lib jismimni tutib berardim. Zero Kamoliddin akam o‘lganidan beri har kun o‘lib-tirilaman, rozi edim o‘sha kuni bir marta o‘lishga, — dedi marhumning bevasi.

Eslatib o‘tamiz, sambo bo‘yicha jahon chempioni 30 yoshli Kamoliddin Rasulov 2021-yilning 13-sentabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylar oldida boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgandi. Bu haqdagi xabarlarni to‘ldirgan Bosh prokuratura axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida chempion yigitning pichoqlanishiga uning gumonlanuvchi tanishiga “Humo Trop” vitaminini tavsiya qilgani, oqibatda esa gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashgani, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirgani xabar berilgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida so‘z olgan guvoh ham tanishi, sudda ayblanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Sh.T. marhum Kamoliddin Rasulov tavsiya qilgan vitaminni aytilgan miqdordan ko‘ra ko‘proq iste’mol qilgani sabab sog‘lig‘i yomonlashganini, kechalari issig‘i chiqib, uxlolmaydigan bo‘lib qolganini aytgandi. Voqea sodir bo‘lgan kuni pichoqdan jarohatlangan sportchini ikki kishi quvlab ketayotganini jamoatchilikka oshkor qilgan “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi muxbiriga intervyu bergan noma’lum suhbatdosh vitaminni qabul qilgan sportchiga shifokorlar endi o‘lasan, deb aytishganini, sportchi shu sabab men o‘lsam, uyam o‘ladi, deya marhumni pichoqlaganini aytgandi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1864 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kamoliddin Rasulov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное