Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Har kuni o‘zingizni tetik his qilishga yordam beradigan 9 ta odat


Tadbirkor va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha blog muallifi Skott Yang (Scott Young) unga tetik yurish va maqsad sari olib boruvchi yo‘lda ortga qaytmaslikka yordam beradigan maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Ularni o‘z hayotingizga tatbiq etishga harakat qiling.

1. Uxlashga erta yoting

Agar doimiy ravishda uyquga to‘ymasangiz, unumdorlik ko‘rsatkichi pasayadi.

Vazifa: bir oy davomida soat o‘nda uxlashga yoting. Har kuni, hatto dam olish kunlarida ham.

2. Sport bilan har kuni shug‘ullaning

Jismoniy mashg‘ulotlar – quvvatingiz uchun uzoq muddatli sarmoya. Jismoniy faolliksiz salomatlikning umumiy ko‘rsatkichi tushadi. Demak, fikrlash va diqqatni bir yerga jamlash qiyinlashadi.

Ish jadvalingizda sport zaliga borish uchun vaqt qolmasa, kun davomida tortilish yoki byorpi mashqlarini bajaring. Bu mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga ko‘p vaqt olmaydi. Agar imkoniyat bo‘lsa, mazkur mashg‘ulotlarga fitnesni ham qo‘shish mumkin.

Vazifa: kuniga hech bo‘lmaganda 10 ta byorpi qiling.

3. Kunduz kuni mizg‘ib oling

Bu dangasalik emas, organizm va xotira uchun ijobiy natija keltiradigan foydali odat. Juda ko‘p ma’lumotni eslab qolishni istasangiz, kunduzgi uyqu ayniqsa foydali. Bundan tashqari, u kishiga qo‘shimcha quvvat beradi.

Muhimi – uzoq uxlamaslik. Budilnik jiringlashi bilan uyg‘onish va yana uyquga ketishga yo‘l qo‘ymaslik. Agar kunduzgi uyqu juda cho‘zilib ketsa, chuqur fazaga o‘tasiz va yanada lanj holda uyg‘onasiz.

Vazifa: tushlikdan keyin mizg‘ib olish va kuchlarni tiklash uchun uxlashga 20 daqiqa ajrating.

4. Murakkab ishlarni tongda bajaring

Ish kunining ilk to‘rt soati – muhim ish uchun eng qulay vaqt. Shunday ekan ishga imkoni boricha ertaroq kirishing. Chunki zarur ish bajarilganida kayfiyat yaxshilanadi, o‘zimizni unumli hisoblaymiz. Biroq agar tongda vaqtimizni elektron pochta, majlis, qo‘ng‘iroqlarga sarflasak, hech qanday foydali ish bilan shug‘ullanmaymiz, aksincha kunning ikkinchi qismida kuchsizlikni his etamiz.

Bundan tashqari, kun davomida butun diqqatni jamlagan holda ishlash imkonsiz.

Vazifa: kunning ilk to‘rt soatini sokin va diqqat talab etuvchi ishlarga bag‘ishlang.

5. Ertangi kun uchun kechki payt reja tuzing

Kuch-quvvat darajasi kunni qanday boshlashimizga bog‘liq. Agar darhol ishga kirishilsa, kun oxirida rejalaringiz amalga oshganini ko‘rasiz. Agar sekin boshlansa, kuch va vaqt samarasiz ishlarga sarflanadi.

Bunday holatning oldini olish uchun kun qanday o‘tishini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa tongda. Buning uchun esa kechki payt ertangi kun uchun reja tuzish lozim. Maqsadlaringizni ko‘z oldingizga keltiring va tongda avtomatik tarzda ishlash uchun ularni yozing.

Vazifa: uyquga yotishdan avval ertangi kunni ko‘z oldingizga keltirib, reja tuzing va uni yozing.

6. Maqsadlaringizni o‘zingizga soting

Ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga qarama-qarshi fikrga ishonadi: marketologlar ularni o‘zlari bajarmaydigan ishlarni qilishga undashga qodir, biroq kerakli ishlarni amalga oshirish uchun shaxsiy ishtiyoqni o‘zgartirishni eplolmaydilar.

Bunday emas. Siz o‘zingiz shaxsiy maqsadlarni o‘zingizga sotishingiz kerak. Bari o‘ramdan boshlanadi. Maqsad va loyihalaringizni qanday ko‘rinishda taqdim etishingiz ishtiyoqqa ta’sir ko‘rsatadi. «Bajarishim kerak bo‘lgan ish» va «kishida hayajon uyg‘otadigan qiziqarli vazifa» so‘z birikmalarini taqqoslab ko‘ring. Farqni sezyapsizmi?

Keyingi qadam esa sizga ishtiyoq beradigan narsalarni yodga solish. Nima uchun ishga kirishdingiz, nimaga erishishni istagan edingiz? Ana shu jihatlarni yodga oling.

Vazifa: Bugungi harakatlaringiz qaysi maqsad sari yaqinlashishda yordam berishi to‘g‘risidagi fikrlarga har kuni 10 daqiqa ajrating.

7. Quvvatingizni sug‘urib oladigan kishilar bilan kamroq muloqot qiling

Ota-ona tanlanmaydi. Ba’zida bu fikr hamkasb va boshliqlarga ham tegishli bo‘ladi. Biroq do‘stlarni tanlash mumkin. Ayrim do‘stlar bilan muloqotdan keyin rag‘bat va tetiklikni his etishingizni sezgan bo‘lsangiz kerak. Ayrim do‘stlar bilan suhbatdan keyin esa aksincha o‘zingizni kuchsiz sezasiz.

Albatta hayotida vaqtinchalik qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazayotgan do‘stlarni chiqarib tashlash yaramaydi. Biroq agar u o‘z tuyg‘ularini doimo sizga to‘kib solsa va javob tariqasida sizga yordam bermasa, bunday odam bilan muloqotning qanchalik muhim ekani haqida o‘ylab ko‘ring.

Vazifa: Suhbatidan keyin o‘zingizni bo‘shab qolgandek his etadigan do‘stlar bilan uchrashuvlarni cheklang.

8. Yaxshi kitoblar o‘qing

Yaxshi kitob sizni avtomatik tarzda nima o‘qish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalishga boshlaydi. U nafaqat biror faktlar haqida so‘zladi, shu bilan birga asta-sekin fikrlash tarzini ham o‘zgartiradi. Yaxshi qo‘shiq muayyan tuyg‘uni uyg‘otgani kabi yaxshi kitob ham sizga kuch-quvvat beradi. Buning uchun audiokitoblar - eng to‘g‘ri tanlov. Ularni yo‘lda ketayotib, hamda boshqa ishlar bilan band vaqtda tinglash mumkin.

9. Hayot muvozanatiga intiling

Vaqtimizni behuda sarflaymiz. Chunki hayotimizning ichki va tashqi jihatlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz hamda shaxsiy qo‘rquvlar oldingizga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Vaqt ajrating va hayotingizga yig‘ilib qolgan mojarolarni hal eting. Ba’zida buning uchun birgina narsani o‘zgartirish ham yetarli. Ayrim hollarda esa oldinga intilishga xalaqit qilayotgan zaharli holat yoki fikrdan xalos bo‘lish uchun uzoq muddatli reja talab etiladi.

Vazifa: maqsad sari olg‘a qadam tashlashga nima xalaqit qilayotgani va uni hal etish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3739 | Рейтинг: 0| Рейтинг: har kuni, maslaxat, tetik, odat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное