Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi


Yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Carzone.uz” Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga tayanib.

“Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan so‘ng kassaga pul to‘ladim. Bunga kassada navbat bo‘lgani tufayli 10 daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3-xonaga topshirdim – 15 daqiqa. So‘ng 5-xonada suratga tushdim – yana 10 daqiqa. O‘sha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umuman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming so‘m pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan Dilshod Nasirov nomli foydalanuvchi.

Uning aytishiga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va imtihon varaqasi kerak bo‘lgan xolos. To‘langan pulning 121 ming so‘mi kassaga, 5 ming so‘mi ariza to‘ldirishga ketgan.

“Shundan boshqa hech qanday ma’lumotnoma yoki sizning bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti kerak emas!”, — deb qat’iy ma’lumot bildirgan guruh a’zosi.

Yuqorida aytib o‘tilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15-fevral kuni bo‘lib o‘tgan. Nashr eslatishicha, bir necha kun oldin yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha to‘xtatilgani xabar berilgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2243 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Haydovchilik guvohnoma
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное