Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Hayosizlik illati


Qilgan gunohlari bilan maqtanayotgan odamni ko‘rganmisiz? Kimdir og‘ziga urib, to‘xtatsa-ku, xo‘p-xo‘p. Bo‘lmasa…

Bu borada shunday hadis bor. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) bunday deb ogohlantirgan ekanlar: “Har bir ummatimning gunohlari kechiriladi, ammo (hayosizlarcha) o‘z gunohini o‘zi oshkora qiluvchilar bundan mustasnodir”.

Xo‘sh, gunohlarni nega boshqalarga aytib bo‘lmaydi? Balki aytib beruvchi shu bilan biroz yengillashar? Yo‘q, gunohlarini gapiruvchilar ko‘pincha maqtanish niyatida bo‘ladi. Maqtanarkan, qilganlari gunoh emasligiga ishonch sezadi. Bu – katta musibat. Garchi til bilan tasdiqlamasa-da, ongida shu xulosa bor.

Bunday gaplar – uyatsizlik belgisi. Ularni aytgan kishining hurmati, obro‘-e’tibori oshmaydi, aksincha kamayadi. So‘zi e’tibordan qoladi. Eshitgan kishilarning esa ko‘ngli kirlanadi. Boshqa tomondan, agar so‘zlovchi bo‘lgan voqealarni zavq-shavq bilan, qiziqarli qilib aytib bersa, tinglovchilarda gunoh ishlarga nisbatan rag‘bat paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Bu esa boshqalarning ham egri yo‘lga qadam qo‘yishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, gunoh ishlar yoki odamda noxush taassurot uyg‘otadigan narsalar haqida ham umuman gapirmaslik zarur. Bizning ongimiz biror narsa-buyum yoki voqea haqida gapirilganida ularni oldin tasavvurda jonlantirib oladi. Gunoh ish haqida gapirilganida ham shunday – ongostining bir joylarida ko‘milib yotgan ma’lumotlar “uyg‘otiladi”, yangilanadi. Bu esa insonni gunohlarga yaqinlashtiradi.

Olomoncha madaniyat qiyofasida targ‘ib etilayotgan odatlar, ishlanayotgan film va roliklar zamirida xuddi shu narsa bor. Odamning tomirlarida, ongining qaerlaridadir harakatsiz yotgan shaytoniy hislarni jonlantirish va shu orqali uni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirish. Hatto xorijning risoladagiday deb hisoblanadigan ayrim filmlarida ham an’anaviy oilaviy munosabatlarga zid keladigan holatlarni, hayosizlikni zimdan targ‘ib etuvchi manzaralarni ko‘rish mumkin. Shu jihatdan olib qaralsa, bu illat jamiyat uchun ham katta havf tug‘dirishini anglash qiyin emas.

Manba: irfon.uz




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 8458 | Рейтинг: 0| Рейтинг: illati, Hayosizlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное