Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi 5 odat


1. Har kuni kitob o‘qishga odatlaning. Xotirangiz mustahkamlanadi, dunyoqarashingiz kengayadi, o‘zingizga, turmush tarzingizga bo‘lgan munosabatingiz ijobiy tomonga o‘zgaradi. «Vaqt qayda?» deb bahona qilmang. Ovqatingiz pishguncha, yo‘l transportida manziligingizga yetguncha yoki uxlashdan oldin 10–15 sahifadan o‘qishni boshlasangiz, mutolaaga muhabbatingiz tushadi-qoladi.

2. Yong‘oq yeng. Ishda, uyda, yo‘lda-izda qorningiz ochdimi? Yoki zerikyapsizmi? Bir hovuch istalgan yong‘oqdan yeb oling. Sochlar, tirnoqlar mustahkamlanadi, yurak-qon tomiri faoliyati bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishining oldi olinadi. Xullas, koni foyda!

3. Issiq va sovuq — kontrast dush qabul qilishga odatlaning. Har kuni! Qon tomirlari, asab tolalaringiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Oyoqlarda vena tomirlari kengayishi ham cheklab o‘tadi.

4. Taom+bitta olma! Ovqtalangach har doim ham tishlarimizni tozalashga imkonimiz bo‘lmaydi. Ish, kundalik tashvishlar degandek. Lekin bittagina olma yeb olishni uddalasak kerak. Shunda tishlaringiz nafaqat tozalanadi, milklarda qon aylanishi yaxshilanadi, og‘iz hidlanishi, muhimi, parodontoz (milk yallig‘lanishi) sizni tashvilantirmaydi

5. Uyingizda doim quritilgan moychechak bo‘lsin. Moychechak damlamasi ichish bilan shamollash, turli bakteriyalardan himoyalanasiz, oyoqlaringizni vanna qilib, charchoqdan xalos bo‘laasiz. Moychechakli muz bo‘lakchalari bilan yuzni massaj qilish esa ularni taranglashtirib, mimik ajinlarga qarshi kurashadi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5051 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hayotingiz, 5 odat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное