Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«Hilton Tashkent City»dagi prezident lyuksi nomerlari narxi ma’lum bo‘ldi


«Hilton Tashkent City» mehmonxonasi 2020 yilning 1 fevralidan mehmonlarni qabul qila boshlaydi. Bu haqda «Spot» xabar berdi.

Mehmonxona xonalarini hozirdan bron qilish mumkin. Standart nomer narxi 194 dollardan 258 dollargacha, vakillik nomeri 236 dollardan 310 dollargacha, burchakdagi nomerlar 353 dollardan 457 dollargacha, prezident lyuksi 1959 dollardan 2460 dollargacha.

21 qavatli mehmonxonada 258 ta nomer bo‘lib, ulardan sakkiztasi prezident lyuksi hisoblanadi.

Mehmonxona hududida uchta Izakaya Pan Asian Restaurant&Lounge, Shosh Restaurant va Tumbler Bar restoranlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk ob’ektlari — Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi oktabr oyi boshlarida qurib bitkazilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoev 9 oktabr kuni ushbu inshootlarni borib ko‘rgandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3300 | Рейтинг: 0| Рейтинг: prezident lyuksi nomerlar, narxi ma’lum bo‘ldi, Hilton Tashkent City
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное