Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

IIV fuqarolarga dala hovlilarga bormaslikni tavsiya qildi

IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi Respublikamiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikamizning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni so‘radi.

Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbi rlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.
"Karantin vaqtida eng xavfsiz joy o‘zingiz yashab turgan uyingiz ekanligini unutmang!" deyiladi xabarda.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2475 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bormaslikni, dala hovlilar, IIV, fuqarolar, tavsiya qildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное